Toshkent moliya
instituti
MM 70-2 guruh talabasi
Avazbekova Sevara Avazbek qizi
“Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat ishi
1-variant
1. Investitsiya maqsadi va deversifikatsiyalanishi.
2. Moliyaviy investitsiyalarning tasnifiy belgilari.
3. Investitsiya loyihalarining uzoq muddatli kreditlashdagi ta’minot turlari.
1-savol
Iqtisodiy lug‘atda “Investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar
tariqasidasanoatga, qishloq xo‘jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf
etiladigan xarajatlar yig‘indisini aks ettiradi”
2
, - deb ta’riflangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 29-oktyabrdagi “Investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda investitsiyalarning mazmuni “Qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan
huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek,
reinvestitsiyalar”
3
sifatida ta’riflanadi.
Bizga ma’lumki, investitsiyalarga xos bo‘lgan eng muhim belgi, eng avvalo, foyda
olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan foyda keltirish
uchun salohiyatli hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:
birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga
joylashtirish;
investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-
joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil
topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi
kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib
hisoblanganda) yaratish jarayonidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish
tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir.
Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni iqtisodiy- ijtimoiy
samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari ko‘p omillarga bog‘liq. Avvalambor,
investitsiyalar
hajmi olingan
daromadni iste’mol
va
jamg‘armaga
taqsimlanishiga bog‘liq. Aholining o‘rtacha daromadi past bo‘lgan holda ularning
asosiy qismi (70-80%) iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarining o‘sib borishi
jamg‘arishga yuboriladigan qismning ortib borishiga sabab bo‘ladi. Umumiy
daromadda jamg‘arish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmining o‘sishiga
olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi
yuqori
bo‘lganda, davlatfuqarolarning
investitsion faolligini
ta’minlaganda va kafolatlaganda bajariladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki
ko‘rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi.