DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH ELEMENLARI
davlat xaridini rejalashtirish
xaridni tashkiliy shakllari
shartnomalarni tuzish va ijro etish
davlat xaridini nazorat tizimi
Davlat xaridini rejalashtirish – keyingi davr uchun byudjetni tuzish va qisman yoki to’liq davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga:
byudjet so’rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim
etish;
davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini byudjet
mablag’lari oluvchilarga etkazish;
xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari
buyicha ro’yxatdan o’tkazishni qamrab oladi.
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash jarayonida
amalga oshiriladi. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar,
davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlar bo’limlarida mos ravishda aks
ettiriladi. Ushbu xarajatlar va ular uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar
bo’yicha taqsimlangan holda rejalashtiriladi.
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan respublika
darajasiga byudjet so’rovnomalarini taqdim etish(tuzish) va uni umumlashtirish
orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan so’ng,
byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi omillar qo’llaniladi. Eng asosiy
chegaralovchi omil – kelgusi yil uchun davlatning iqtisodiyotga xarajatlarining
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjeti daromadlari prognozining
so’ralgan xarajat moddalarini moliyaviy ta’minlash imkoniyatlari hisoblanadi.
Ma’lumki, ushbu mezonlarning qo’llanilishi, byudjet loyihasida xarajatlarni
qisqartirishga qaratilgan sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi. Bunday qisqartirish xarajatlarni maqsadga muvofiqligini baholash orqali
amalga oshiriladi:
davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalarni saqlab qolish;
u yoki bu xarajat moddalarini so’ralgan hajmlarda moliyalashtirish, hamda
boshqa mezonlar.
Xarajatlarni qisqartirish, birinchi navbatda, quyidagi yo’llar bilan amalga
oshiriladi:
o’tgan yildan qolgan va to’la tugallanmagan hamda kelgusi moliya yilida
davlat ustuvor yo’nalishlar dasturida bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirishdan
voz kechish;
har yil uchun tuziladigan davlat ustuvor dasturiga kirmaydigan yangi
loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish;
xarajat moddalarining tarkibiga tegmagan holda, uning umumiy summasini
qisqartirish.
Davlat xaridini samarali bo’lishini ta’minlash nuqtai nazaridan, davlat
xarajatlarini qisqartirishning ko’rib o’tilgan dastlabki ikki usuli katta salbiy tusga
ega. Chunki, ustuvor yo’nalishlarning o’zgarishi va natijada loyihani to’la
moliyalashtirmaslik, uning sifatli bajarilishiga, yoki loyiha oldiga quyilgan
maqsadlarga erishilmasligiga olib keladi. Bu o’z navbatida, oldin amalga
oshirilgan xarajatlarning natijasiz va foydasiz ekanligini bildiradi.
Xarajatlarni qisqartirishning so’ngi usulini qo’llashda esa, xarajatlar rejasini
tuzish paytida loyihadan voz kechish va bo’shagan mablag’larni boshqa samarali
yo’nalishlarda sarflash maqsadga muvofiq bo’lardi.
Davlat xaridini rejalashtirishdagi mavjud muammolarning sabablari
quyidagilardir:
byudjet tizimining takomillashmaganligi – byudjetni shakllantirish faqat bir
yil chegarasida bo’lib, unda o’tgan yil byudjetida ko’zda tutilgan va tugallanmagan
loyihalarni moliyalashtirish majburiyati ko’rsatilmaydi;
davlat byudjetini shakllantirishning uslubiy asoslarining etarli darajada
takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtrish sifatining
past darajada ekanligi;
davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish uslubiyotining mavjud
emasligi va boshqalar.
Tumanlar darajasidan boshlab, xarajatlar smetasi hajmini sun’iy yuqori
darajada tuzish riskining mavjudligi, ko’zlanayotgan xarajat maqsadlarini
ko’rsatishning sifat darajasining pastligi, shuningdek, smetani to’g’riligini va
ko’rsatilgan xarajatlarni asoslanganligini ob’ektiv tarzda tekshirish usulining
etishmasligi kabi holatlar, byudjetni shakllantirishda me’yoriy-xarajat usulidan
foydalanishga majbur etadi. Ushbu usulni qo’llashning salbiy jihati shundaki, u
xarajat yoki loyihani o’ziga xosligi, sharoitlarini (masalan, ko’pchilik hollarda
ayrim loyihalar ob’ektiv tarzda me’yorda ko’zda tutilgandan ortiq mablag’lar talab
etishi mumkin) inobatga olmaydi. Natijada, ushbu holat davlat organlari faoliyatini
etarli darajada moliyalashtirilmay qolishiga, ular faoliyatini va vazifalarini bajarish
uchun zaruriy moddiy qiymatliklarni etarli miqdorda xarid etilmasligiga olib
kelishi mumkin.
Manzilli dasturni tuzish jarayoni har bir loyiha
buyicha to’la ma’lumot tayyorlash, loyihlarni ustuvorligi bo’yicha tanlash va
ro’yxatini shakllantirishni o’z ichiga oladi26. Har bir loyiha (loyihalar guruhi)
bo’yicha ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va boshqa hujjatlar
bilan bir qatorda loyiha pasporti taqdim etiladi. Loyiha pasportida quyidagi
ma’lumotlar o’z aksini topadi:
loyihaning texnik tavsifi;
atrof-muhitga ta’siri;
ijtimoiy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyati,
samaraligini baholash, tashkiliy tadbirlar miqiyosi;
mahsulotga talabning hajmi va xarakteri;
muqobil echimlarning mavjudligi, jumladan mavjud korxonalarni qayta
tiklash;
asosiy material va ishchi kuchi resurslarining etarliligi;
investitsion xarajatlarni amalga oshirish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |