Doktor Bormental miyig’ida iljaygancha chiqib ketdi.
U qaytib kirib, hushtak chalgan edi, kabinet eshigidan juda antiqa bir
it chiqib keldi. Tanasining ba’zi joylari dog’dug’ga o’xshab taqir, ba’zi
joylarida esa jun o’smoqda edi. U xuddi o’rgatilgan sirk o’yinchisiday ikki
oyoqlab yurib keldi, keyin to’rttala oyog’ida turib, atrofni ko’zdan
kechirdi. Qabulxonaga qabriston jimligi cho’kdi. Peshonasida qip-qizil
jarohat izi bor, mudhish qiyofali it yana orqa oyoqlariga ko’tarilib, so’ngra
tirjaygancha kursiga o’tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |