Mitoxondriya va xloroplastlar oʻzlarining DNK va ribosomalariga ega. Nega yadroda DNK va sitozolda ribosoma boʻlishiga qaramasdan, mitoxondriya va xloroplastlarda oʻzining DNK va ribosomalari mavjud?
Bu savolning javobi endosimbioz gipotezasi orqali tushuntirib berilishi mumkin. Simbioz – bu ikkita bir-biridan uzoq boʻlgan turdagi organizmlarning yaqin aloqada yashashi. Endosimbioz (endo – “ichida”) simbioz yashashning bir turi boʻlib, bunda bir organizm ikkinchisining ichida yashaydi.