Krishnani anglash jamiyati qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo’lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo bo’yicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo’lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan.
Krishnani anglash jamiyati
1971 yil iyunda Shrila Prabxupada Moskvaga kelgan. Shu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq Sho’ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
Krishnachilar o’z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o’rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli Adabiyotlar sotish bilan shug’ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.
Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari.
Missionerlik uchun javobgarlik masalasining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.
Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari.
Qonunning 5-moddasida «Davlat diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar», degan qoida mustahkamlab qo’yilganini ta’kidlash zarur.
Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish» masalasiga bag’ishlangan moddasida «Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», deb belgilab qo’yilganini ham ta’kidlash zarur.