6. Cu+2 birikmalari haqida Cu+2 birikmalari. Mis (II) oksid, qora rangli amorf modda. Gazlarni adsorbsiya qila oladi. Mis (II)oksidi misning kislorod bilan ta’siridan olinadi. 2Cu + O2=2CuO Yuqori haroratda u parchalanib mis (I) oksidini hosil qiladi: 4CuO = 2Cu2O + O2 Mis(II) oksidni vodorod bilan qaytarilsa misga aylanadi: H2 + CuO = Cu + H2O Misning (II) birikmalari ko‘pdan ko‘p kompleks birikmalar hosil qiladi: CuCl2 + 4 NH3 = [Cu(NH3)4] Cl2 Agar yangi olingan Cu(OH)2 ga konsentrlangan ishqorlar qo‘shilsa, ko‘k rangli gidroksikupratlar hosil bo‘ladi: Cu(OH)2+2NaOH= Na2[Cu(OH)4] Hosil bo‘lgan gidroksikupratlar oson parchalanadi va beqarordir. Mis(II) galogenidlari kislotalar eritmalarida galogen kupratlar hosil qiladi: CuCl2 +HCl=H[CuCl3] CuCl2+2HCl=H2[CuCl4] 7.Misning oksidalanish darajasi Misning oksidlanish darajasi +3 bo‘lgan birikmalari. Tarkibida ftor tutgan birikmalar olingan: K3[CuF6]. Mis (II) gidroksidini ishqoriy muhitda oksidlab NaCuO2 olish mumkin: 2Cu(OH)2+NaCIO+2NaOH=2NaCuO2+NaCl+3H2O Undan mis (III) oksidi - Cu2O3 olingan. Uning birikmalari beqaror. Bu birikma kuchli oksilovchi: 6 HCl + Cu2O3 = Cl2 + 2 CuCl2 + 3 H2O Reaksiya natijasida xlor va misning(II) tuzlari hosil bo‘ladi. 8. Misning tibbiyot amaliyotida ishlatilishi Tibbiyot amaliyotida CuSO4·5H2O ishlatilishi ma’lum. Bu modda antiseptik xossaga ega. Kumushning kollargol (70% gacha kumush bor) va protargol (8,3% gacha kumush) degan dorivor turlari ma’lum. Kumush nitrat juda zaharli bo‘lib tashqaridan eroziya, yara, traxoma va boshqa teri kasalliklarida buyuriladi. Odam organizmida kumushga Kumush va uning birikmalari 9. Kumush kimyoviy jihatdan oksidlanishi
Kumush kimyoviy jihatdan aktivligi kam, havoda oddiy va yuqori temperaturalarda ham oksidlanmaydi. Agar havoda vodorod sulfid miqdori ko’p bo’lsa, kumush oksidlanadi.
10. Kumush haqida tushuncha bering Kumush (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. Kumush qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. Kumushning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor
Do'stlaringiz bilan baham: |