Mis tarkibli shlaklarni qayta ishlashning zamonaviy usullari.
Annotatsiya: Ushbu maqolada shlak orqali misning yo’qotilishini kamaytirish muammolari muhokama qilinadi. Shuningdek mis shlaklarini qayta ishlab undan misni ajratib olishning bir nechta usullari keltirib o’tilgan. Shlaklarni muvofaqqiyatli tiklash uchun oksidli mis birikmalarining sulfidlanishi magnetitning vyustitga qadar tiklanishi va mayda shteyn tomchilarining birlashishi sodir bo’lishi kerak. Agar yuqoridagi jarayonlarning sodir bo’lishiga sharoit yaratilsa misning qoldiq konsentratsiyasini ruxsat etilgan darajaga tushirishga imkon beradi. Bugungi kunda misni shlakdan qayta ishlash yo’li bilan ajratib olish dolzarb muammo hisoblanadi. Shlakni qayta ishlab qurilish materiallarini olishda ham foydalanish mumkin. Bu esa shlak chiqindilari bilan atrof-muhitning,landshaftning buzilishini oldini oladi.
Kalit so’zlar: Mis, shlak, misli shlaklarni missizlantirish, oksidli mis birikmalarining sulfidlanishi, magnetitning tiklanishi, flotatsiya, shlaklarni qayta ishlashning usullari.
Kirish: Pirometallurgiyada metallarni ajratib olish jarayonida shlaklarni ko’p chiqish holati kuzatiladi. Buning asosiy sababi dastlabki xomashyo tarkibidagi komponentning kam miqdorda ekanligi va bo’sh tog’ jinsining ko’p miqdorda bo’lishi sabab bo’ladi. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri shlaklarni zamonaviy iqtsodiy samaraga ega usul bilan qayta ishlash hisoblanadi. Undan tashqari olimlar optimal tarkibli shlak olish ustida ham ishlar olib borishmoqda. Optimal tarkibli shlak bu-tarkibida faqat keraksiz nometall jinslarni saqlagan shlak hisoblanadi. Agar optimal tarkibli shlaklarni olishga erishilsa bir qancha afzalliklar kelib chiqadi. Birinchidan, tabiiy zaxiralarni saqlab qolinishi va tejalishiga olib keladi; Ikkinchidan, shlaklarni qayta ishlab metal olish, dastlabki xomashyoga nisbatan ancha arzonga tushadi, chunki rudalarni qazib olish, uni maydalash, yanchish va boyitish jarayonida ketadigan yoqilg’i, elektr energiya vaqtning tejalishiga olib keladi; Uchinchidan shlaklar bilan to’ldirilgan yerlarni qaytarib olib, landshaftning, ekalogiyaning yaxshilanishiga olib keladi. Misol uchun tarkibida 0,6-1% gacha misi bor shlakni qayta ishlash, dastlabki ruda tarkibidagi misni ajratib olishdan ancha samarali hisoblanadi. Aniq raqam va dalillar bilan aytsak, 1 tonna metall, xususan mis olish uchun kamida 1000 tonna tog’ jinsini qazib olish, 300-400 tonna rudalarni kamida 0,1 mm yiriklikda maydalab, boyitish kerak bo’ladi.Eritish pechiga keladigan bo’lsak, 1 tonna metal olish uchun 10-30 tonna shlak tashlanma joyga 1150-1200 0C haroratda suyuq holda chiqarib tashlanadi.Uning tarkibida misni 0,6 % dan kamaytirishning shu kungacha iloji yo’q. Iloji bo’lsa ham eritish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Muammoni hal qilish usullarini tahlil qilish.
Shlaklarni qayta ishlashning pirometallurgik va gidrometallurgik usullari mavjud bo’lib, ular iqtsodiy samaraga ega. Ba’zi shlaklarda masalan konvertor shlaklarida ko’p miqdorda 3,5 % atrofida mis mavjud bo’ladi. Ularni qayta ishlash rudalarni qayta ishlashdan ko’ra samaraliroqdir. Lekin bu shlaklar tarkibida qayta ishlashga salbiy ta’sir etuvchi, jarayonni qiyinlashtiruvchi yo’ldosh minerallar mavjud.Bunga Fe3O4 misol qilib keltirish mumkin. Konvertor boy tarkibli shlaklarni qayta ishlash uchun dastlab ularning tarkibidagi zararli bo’lgan moddalar miqdorini kamaytirish kerak bo’ladi. Misol uchun Fe3O4 ni miqdorini kamaytirish uchun uni har xil tiklovchi moddalar bilan tiklash zarur. Tiklovchi sifatida texnik oltingugurt, alyuminiy shlaklari, pirit boyitmasi, rux klinkeri, neft kokslari, plastik chiqindilar, avtoshinalar chiqindilari, polietilen va boshqa uglerod saqlagan texnogen chiqindilardan foydalanish mumkin.
Mis ishlab chiqarishda, ayniqsa boy tarkibli shlaklarni utilizatsiya qilishning pirometallurgik usullari keng qo’llaniladi. Vanyukov ya’ni suyuq vannada eritish pechi, yallig’ qaytaruvchi eritish pechlaridan chiqadigan shlakda qimmatbaho metallar juda kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |