Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining
Jizzax filiali amaliy matematika va fakultetlararo fanlar (KFU) kafedralari dotsenti-f.m.f.n Rustamov M.ning “Diffuziya protsesida kuzatish masalasi” nomli monografiyasiga
Taqriz
Monografiya universitet va pedogogika institutlari matematika va amaliy matematika fakultetlari talabalari, magistrlar va o‘qituvchilari uchun tayyorlangan. Monografiya uchta bob, kirish hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning kirish qismida shu vaqtgacha bo`lgan ma’lumotlar obzori berilib, ishning yozilish tartibi keltirilgan.
Ishning 1-bobida masalaning qo‘yilishi-proyeksiyani topishni qo‘yilishi masalasi, hamda masalalar : boshlang’ich holat -T(x.0) (Koshi sharti), oxirgi xolat-T(x, ), nuqtada issiqlik o’zgarishi -T( ,t) va boshqa funksiyalarni aniqlash masalalarini qo‘yilishi qaralgan.
Ishning 2-bobida qo‘yilgan masalalarning yechilishini umumiy sxemasi, proyeksiyani aniqlash, qo‘shma operator tuzish, qo‘shma masalani yechish, yechim xatosini minimallashtirish va bazis funksiyalarni topish (Fur’ening o‘zgaruvchilarni ajratish usuli hamda Shturm-Luivill masalalaridan foydalanib). Bunda taqribiy yechim chekli qatorga yoyilib, uning yaqinlashishi isbotlangan.
Ishning 3-bobida qo‘yilgan masalalar koeffitsient aniqligida yechilib, unda issiqlik tarqalishi va diffuziyaning 3-tur chegaraviy masalalari, teskari masalalar yechib ko‘rsatilgan. Bunda nokorrekt masalani yechishda diffuziyani o‘lchash moslamalari ko‘rsatkichi-diffuziyani nuqtada o‘zgarishi qiymatidan, xatolikni baholash usullaridan foydalanilgan.
Ishning 4-bobida markaziy hamda mahalliy, xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar hamda konferensiyalar tezislaridan namunalar keltirilgan.
Ish yuqorida ko‘rsatilgan kitobxonlarga va shu yo‘nalishda ilmiy ish qiladigan magistrlar va o‘qituvchilarga foydali deb hisoblayman.
Fizika-matematika fanlar doktori-professor S. Otakulov.

Fizika-matematika fanlar nomzodi-dotsent A. Musaev.
Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining
Jizzax filiali amaliy matematika va fakultetlararo fanlar (KFU) kafedralari dotsenti-
f.m.f.n Rustamov Maxammadi Jabborovichga
TAVSIFNOMA
Rustamov Maxammadi Jabborovich 1956-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, 3 nafar farzandi bor. Ma’lumoti oliy, 1982-yilda Samarqand Davlat Universitetini tamomlagan.
M. Rustamov turli yillarda Jizzax Davlat Pedagogika Institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi , dots.vaz.baj. o‘qituvchi, Jizzax harbiy oliy o‘quv yurtida dotsent, Jizzax viloyat xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti prorektori, kafedra mudiri, vazifalarida ishlagan. Shuningdek hozirda Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali amaliy matematika va Fakultetlararo fanlar (KFU) kafedralari f.n. dots.bo‘lib ishlab kelmoqda.
U 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent v.b., 3 ta o‘quv qo‘llanma hamda 40 dan ortiq ilmiy-metodik maqolalar muallifidir.
M. Rustamov ayni vaqtda oliy ta’limda pedagogik menejmentning ilg‘or usullarini joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqodlar olib bormoqda. M. Rustamov ko‘plab talabalar va magistrantlarni ilmiy ishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha “ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha ular bilan hamkorlikda ishlamoqda. Jumladan, ayni vaqtga qadar biologiya fani va uni o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan 50 dan ortiq bakalavr bosqichi bitiruvchi talabalarining bitiruv-malakaviy ishlariga, 3 nafar magistrantning magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy raxbarlik qilgan.
M. Rustamov ilmiy grantda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2020-yildan “O‘zbekistonning cho‘l mintaqalaridagi sho‘rxok va suvsiz yerlarda (Ferula foetida, Bunge, Regel) yangi kovrak ko‘chatlarini yetkazib beruvchi innovatsion plantatsiyalarni barpo qilish” mavzularidagi innovatsion loyihalar a’zosi sifatida tadqiqod ishlarida qatnashmoqda.
M. Rustamov ta’lim sohasida innovatsiyalarni qo‘llash va zamonaviy uslublarni joriy etib kelmoqda. Jumladan-modulli tehnalogiyalar asosida algebra va sonlar nazariyasi fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlab chop etdi. Kredit ta’limi borasida o‘quv qo‘llanma tayyorlamoqda.
Filial direktori prof. O.Turakulov
Do'stlaringiz bilan baham: |