Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi:
ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko’ra – epistemologiya) – bilish
nazariyasi;
ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;
etika – axloq haqidagi ta’limot;
aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot;
falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo’lish – ko’rsatilgan bo’limlarni sinchiklab o’rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir.Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam tug’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etishi va bilishdir.
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor:
1) mifologik dunyoqarash;
2) diniy dunyoqarash;
3) falsafiy dunyoqarash.
1.Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bo’lishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyodagi predmet va hodisalarning o’zaro bog’lanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bag’ishlangandir.
Falsafa - borliq, uning turli shakllari orasidagi o’za-ro aloqadorlikni ifoda-lovchi nazariy qarashlar sistema-sidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bili-shining eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir. Falsafa dunyo va unda in-sonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo’lgan muno-sabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan qarashlar sistemasini ishlab chiqadi. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari va asosiy harakatlan-tiruvchi kuchlarini o’rganadi.
Falsafa, avvalo, dunyoni nazariy o’zlashtirishdir, u in-sonning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi naza-riy tushunchalari, qarashlari va fikrlaridir. Falsafa ki-shilarni bir butun dunyo borliq, materiya, tabiat, jamiyat va inson to’g’risidagi umumiy nazariy bilimlar, g’oyalar bilan qurollantiradi. Bu nazariy bilimlar, g’oya-lar o’zlarida fal-safiy dunyoqarashni ifodalaydi. Falsafa dunyoqarash sifatida jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan, bir butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqa-rishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ularga yangicha hayotiy maz-mun berila boshlandi. Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy dunyoqarashlardangina farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi.
Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, moddiylik va ma‘naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk fay-lasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o’zi ulug’ olam (olami kubro) bo’lsa. Insonning o’zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta‘kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo’lagi sifatdagina emas, borliqning o’ziga xos shakli si-fatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan farqi shundaki, u o’ylash va bilish, sevish va nafrat-lanish, quvonish va qayg’urish, orzu qilish va baxtli bo’lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsa-faning bahs mavzuini tashkil etadi.
Falsafa uchun xarakterli bo’lgan ba‘zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik-shakarning ob‘ektiv xossasimi yoki odamning sub‘ektiv tuyg’usimi? Go’zallik-narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o’ylab topilgan mezonmi? Chuqurroq o’ylab qarasak, bu va bunga o’xshash savollar bir umumiy muammoga-borliq va ong, ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, olam va odam orasidagi o’zaro munosa-batlarga taalluqlidir. «Falsafaning asosiy vazifasi,- deb yozgan edi Bertran Rassel ushbu savollarga javob berish yoki hech bo’lmasa ularni tadqiq etishdan iboratdir». Bundan xulosa shuki, «olam-odam» muammoning umumiy formulasi deb hisob-lanishi mumkin. Shuning uchun ham uni falsafaning asosiy masalasi deb atashadi.
«Olam - odam» munosabatlarini uch asosiy tipga bo’lish mumkin: gno-seologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O’z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prin-sipial ahamiyatga ega bo’lgan uch savolni aytib o’tgan edi. Ular quyidagilar: «Nimani bilishim mumkin?», «Nima qilishim kerak?», «Nimaga umid qilishim mumkin?». Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo’lgan munosabatlarining uch tipiga mos tushishiga ishonch hosil qilamiz.
Falsafiy bilish «Olam nima?» degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu savol mohiyatan «Biz olam haqida nimalarni bilamiz?» degan savol bilan tutashdir. Falsafa-bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas. Asrlar davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib ko’rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalari o’ziga xos xususiyatga ega.
Nazariy-falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o’z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof-muhitni o’rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tash-lashga ham harakat qiladi. Buni faylasuflar intellektning tajribasiz bilim yig’ishga bo’lgan qobiliyati deb ataydilar. Haqiqatan ham, olamni makonda tubsiz zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo’lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni dunyoga keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur.
Xullas, falsafiy dunyoqarash-nazariy sistemalashti-rilgan, izchil, asoslangan qarashlar yig’indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy masa-lasi ana shu ikki qutb orasidagi o’zaro aloqadorlik muno-sabatni tadqiq etishdan iborat. Falsafaning asosiy funktsiyalari
Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi.
Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini yoritishda yaqqol ko’ramiz. Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy qonunlarini o’rganadi. U bunda inson tafakkuri va bi-lishiga oid eng umumiy tushunchalar, kategoriyalar sistemasi bilan ish ko’radi. Bu kategoriyalar ichida eng muhim o’rin-larni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa, munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning bu kategoriyalari dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga, tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan bo’ladi. Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq fanlar o’zlari erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar chiqarishda falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-dilar. Aniq fanlar o’z tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-tegoriya-larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida fanlar uchun falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida falsafaning roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-yonida murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda ham falsafaning metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi. Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi. U bunda inson bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarning haqi-qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi. Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik funktsiyasi namoyon bo’ladi. Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod rolini o’ynaydi. Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir. Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum ularni ruyobga chiqarishga intilgandek tuyuladi. Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil, ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, «davlat tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,-degan fikr asosida qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab kishilarni o’limga hukm qilishi ham mumkin. Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |