yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay uning hissasi
O‘rta Osiyo Respublikalarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning
2.3 qismidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.Konlarni
ishga solish jarayonida
Respublikamizda 1935 yillarda volfram, molebden, 1941 yilda flyuorit,
1952 yilda qo‘rg‘oshin, rux, 1956 yilda esa mis qazib chiqarish va
boyitish va hamda ularni konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga
keldi. Dastlabki davrlarda O‘zbekistonning rangdor metallurgiyasi
rudalarni qazib chiqarish, boyitish, hamda tayyorlangan konsentrantlarni
boshqa Respublikalarga tayyor mahsulot olish uchun jo‘natish
bilan
shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda u mazkur sanoat hamma ishlab chiqarish
bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi to‘la siklli sanoat tarmog‘iga aylandi.Bu
sanoatning korxonalari Olmaliq, Mirintov (Zarafshon), Navoiy tog‘
metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqqa
bardoshli qotishmalar kombinati (Chirchiq) Ingichka hamda Qo‘ytosh,
kon
boshqarmalari,
“O‘zbekiston
oltini”
kombinati
va
boshqalardir.Olmaliq
tog‘
metallurgiya
kombinati
rangdor
metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis,
polimetal rudalarni qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini
birlashtiradi.Mis, Qalmoqqir va Sarichekuv
konlaridan qazib olinadi
hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasi boyitilib, mis
zavodida eritiladi. Qo‘rg‘oshin kon va Oltintopgan polimetall konlaridan
qazib olinadigan rudalar qo‘rg‘oshin, rux boyitish fabrikasida boyitiladi.
rux konsentrantlari kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi.
Qo‘rg‘oshin konsentrantlari esa eritish uchun xozircha Respublikadan
tashqariga chiqarilmoqda. Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinatining rux
va qo‘rg‘oshin sanoati bilan bog‘liq korxonalari tarkibiga sulfat
kislotalari
ishlab
chiqaruvchi
korxona
xam
kiradi. Umuman
Respublikamizda rangdor metallurgiyaning mis, rux va qo‘rg‘oshin
tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari juda yaxshi.
Mis sanoatining istiqboli
ishlab turgan Qalmoqqir, Sarichekuv
konlarida hamda shu nihoyadagi Dalneye, Baliqti kabi konlarini ishga
solish bilan cheklanmaydi. Respublikaning bir qator boshqa nohiyalarida
ham istiqboli mis konlari topilgan. Ulardan muhimlari Janubiy
O‘zbekistondagi
Xandiza Charchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum,
Farg‘ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Bu 15 dan ortiq
mis konini ishga solish, mis sanoatini xom ashyo bazasini kengaytiradi,
yangi boyitish fabrikalari qurish, Olmaliq tog‘ metallurgiya
kombinatidagi mis zavodini quvvatini oshirish imkonini beradi.
Qalmoqqir mis konlari negizida tugal metallurgiya sikliga ega bo‘lgan
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinatning mis majmuasiga
Qalmoqqir mis koni (1954) ruda boyitish fabrikaga (1957) metallurgiya
zavodi (1962) dan qurg‘oshin-rux kompleksi Qurg‘oshinkon (1950),
Oltintopgan (1955), Chlata (1971), Ruda boyitish fabrikasi (1954)
metallurgiya zavodi (1970) dan iborat.O‘zbekistonda mis, qo‘rg‘oshin
va rux sanoatining bir yerda joylashganligi
muhim qulayliklar
tug‘diradi. Bu esa ularning chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanish,
rangdor metallurgiya konlari o‘rtasida bog‘lanish va ularning kime
sanoati bilan koorperasiyasini amalga oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: