Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari
belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx.
Dotatsiyalangan narx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx.
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Erkin bozor narxi – talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi.
Narx diapazoni – narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi.
Hududiy narx – faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, shu hudud
doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladigan narx.
Do'stlaringiz bilan baham: |