bir modda summasi kopayib, ikkinchi modda summasi kamaydi. Bunday xojalik muomalalari ta’sirida balansning faqat aktiv qismida tegishli moddalari summalarda ozgarish sodir boladi, lekin balansning passiv tomonia va umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. Demak, xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir boladigan birinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, balansning aktiv tomondagi tegishli moddalarda ozgarishga sabab boladigan, lekin balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan ozgarishga aytiladi. Oyning ikkinchi kunida qoyidagi xojalik muomalalari amalga oshiriladi. Tortinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 som daromad soligi ushlandi. Bu muomala ta’sirida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasidagi summasi kopayib, shu moddaning «Mehnatga haq tolashga doir» moddasiga summa kamaydi. Beshinchi muomala. Oz vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200 somlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qoyildi. Bu muomala natijasida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasi summasi kopayishi va «Mollar va xarajatlar uchun» moddasining summasi kamayishi sodir boldi. Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 som ta’til haqi kelgusida qilinadigan xarajatlar va tolovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi. «Kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar» moddasi summasini kamaytiradi.tomonida ozgarishga olib keldi yoki passiv tomondagi bir modda summasi kopayib, ikkinchisi esa kamaydi. Shu turdagi xojalik muomalalarining hammasida ham balansning passiv tomonidagi moddalarda ozgarish boladi, ammo balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. Xojalik muomalalari ta’sirida balansda roy beradigan ikkinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tashkil topish manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda ozgarishga sabab boladigan, lekin balansning aktiv tomoni va umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan ozgarishg aytiladi. Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bolimining omboriga mol yetkazib beruvchilardan 1.138.600 somlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar uchun hali pul otkazib berilgani yoq. Bu xojalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansi aktiv tomonidagi «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasida kopayish va passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning qarzida ham kopayish sodir boldi. Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 som qoshildi. Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida xarajatlar kopaydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida manba summasi ham kopaydi. Toqqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 som qisqa muddatli ssuda olindi va korxonaning hisob-kitob schyotiga otkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablagida kopayish va passiv qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan qarzida ham kopayish sodir boldi. Sodir bolgan xojalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi. Korinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida kopayish sodir boldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham kopaydi. Ammo aktiv va passiv tomonlar yigindisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi. Xojalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida roy beradigan uchinchi xil ozgarish deb, xojalik mablaglarining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, balansning aktiv tomonidagi tegishli moddasida va shu mablaglarning manbalarini aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi