Fonogrammani tayyorlovchining mutlaq huquqlariga quyidagilar kiradi:
— fonogram m ani takrorlash (takrorlash huquqi);
— fonogram m aning asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki
mulk huquqini o ‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o ‘tkazish yo‘li bilan
tarqatish (tarqatish huquqi);
•— fonogrammani barchaning e'tiboriga yetkazish (barchaning
e’tiboriga yetkazish huquqi);
— fonogram m aning asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular
fonogram m ani tayyorlovchi to m o n id an yoki uning roziligi bilan
tarqatilganidan keyin ham da uning asl nusxasi yoki nusxalariga
bo'lgan m ulk huquqidan q at’i nazar, prokatga berish (prokatga
berish huquqi);
— fonogram m aning asl nusxasi yoki nusxalarini, shu jum la-
dan, fonogram m aga bo'lgan m utlaq huquqlar egasining roziligi
bilan tayyorlangan nusxalarini tarqatish m aqsadida im port qilish
(im port qilish huquqi);
— fonogram m ani efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish
(efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi);
— fonogrammaga tuzatishlar kiritish yoki uni boshqacha usulda
qayta ishlash (qayta ishlash huquqi).
Fonogram m ani tayyorlovchi o ‘z fonogram m asidan foydala-
nishning h ar bir turi uchun haq olish huquqiga ega. Fonogram -
m alam i tayyorlovchilar o ‘z huquqlarini foydalanilayotgan asarlar
va ijrolar mualliflari ham da ijrochilarining huquqlariga rioya etgan
holda amalga oshirishlari kerak. Fonogram m adan darom ad olish
m aqsadida foydalanilganligi yoki u n d an foydalanish bunday
m aqsadga qaratilm aganligidan q a t'i nazar, fonogram m adan
foydalanilgan deb hisoblanadi.
Shuningdek, q o n unda efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud
eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari ham norm alangan
bo'lib, unga k o 'ra efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish
beruvchi tashkilotga o ‘z ko‘isatuvi yoki eshittirishidan foydalanishda
FKga va boshqa qonunlarga muvofiq m utlaq huquqlar tegishli
ekanligi belgilangan. Xususan, bunday tashkilot ko'rsatuv yoki
eshittirish yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi); ko‘rsatuv
yoki eshittirish yozuvining asl nusxasi yoxud nusxalarini sotish
yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish yo'li
bilan tarqatish (tarqatish huquqi); ko ‘rsatuv yoki eshittirish
yozuvini barchaning e'tiboriga yetkazish (barchaning e ’tiboriga
yetkazish h u q u q i), ko'rsatuv yoki eshittirishni yozib olish (yozib
olish huquqi); kirish puili joylarda ko'rsatuv yoki eshittirishni
barchaning e 'tibori u chun yuborish (k irish p u lli jo y la rd a
barch an in g e 'tib o ri uch u n yuborish huquqi); k o 'rsatu v yoki
eshittirishni retransiatsiya qilish (retranslatsiya huquqi); ko'rsatuv
yoki eshittirishni kabel orqali barchaning e ’tibori uchun yuhorish
yoxud ko'rsatuv yoki eshitirishni efirga uzatish (k o ‘rsatuv yoki
eshitirishni kabel orqali yuborish yoki efirga uzatish huquqi) kabi
huquqlarga egadir.
Efir yoki kabei orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilot o ‘z ko'rsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishning har
bir turi u ch u n haq olish huquqiga ega. Eng muhimi, efir yoki
kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar o ‘z
huquqlarini foydalaniladigan asarlam ing m ualliflari ham da ijro-
laming ijrochilari huquqlariga, tegishii hollarda esa fonogrammalami
tayyoriovchilar ham da efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshit-
tirish beruvchi tashkilotlar huquqlariga rioya etgan holda amalga
oshirishlari kerak.