Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 2-kurs talabasi Jo’rayev Azizbekning Fuqarolik huquqi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu



Download 0,69 Mb.
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#565408
1   2   3   4
Bog'liq
AZIIIIIZ

Turdosh huquqlar
Televizorda futbol yoki boksni ko'rgansiz, unda sharhlovchi 
«translatsiya» so‘zini bir necha bor aytgani ham yodingizdadir. 
«Konsertda jonIi ijro va fonogrammadan foydalaniladi» jumlasi ham 
sizga tanish. Bular — fuqarolik huquqi tili bilan aytganda, turdosh 
huquqlar hisoblanadi. Turdosh huquqlar obyektlari jum lasiga
ijrolar, fonogram m alar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud 
eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari 
kiradi. Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel 
orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar — turdosh 
huquqlar subyektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va am alga oshirilishi 
uchun turdosh huquqlar obyektini ro ‘yxatdan o 'tk azish yoki 
biron-birboshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Yuridik va jism oniy shaxslar, shu jum ladan, ko'rsatuv yoki 
eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslatsiya 
ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik vajism oniy shaxslar, 
FK da va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari, 
asardan, ijrodan, fonogram m adan yoxud efir yoki kabel orqali 
ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning k o ‘rsatuv yoki 
eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan 
tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslatsiya 
mualliflar, ijrochilar, fonogram m alam i tayyorlovchilar va boshqa 
huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning 
e’tiboriga yetkazishga bo'lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga 
oshirilishi kerak.
Soha qonunchiligi fonogrammaga va (yoki) bunday fonogram- 
maga yozilgan ijroga bo‘lgan mutlaq huquqlar 
egalari o ‘z 
h uquqlarid an x ab ard o r qilish u c h u n tu rd o sh h u q u q la rn in g
m uhofaza belgisidan foydalanishlari m um kinligini belgilaydi. Bu 
belgi fonogram m aning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan 
har bir g'ilofda aks ettiriladi ham da u quyidagilardan iborat:
— aylana ichidagi lotincha «P» harfi;
— m utlaq turdosh huquqlar egasining ismi (nom i);
— fonogram m a birinchi m arta chop etilgan yil.
Turdosh huquq ijrochilari quyidagi huquqlarga egadir:
— ismiga b o ‘Igan huquq;
— ijroni ijrochining sha’ni va qadr-qim m atiga zarar yetkazishi 
mum kin bo‘Igan har qanday tarzda buzib k o ‘rsatilishidan yoki 
har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan him oya qilish 
huquqi;
— ijrodan h ar qanday shaklda foydalanishga bo'lgan m utlaq 
huquqlar, shu jum ladan, ijrochining ijrosidan foydalanishning 
har bir turi uchun haq olishga bo'lgan huquq.
Ijrochining ijrodan foydalanishga bo'lgan m utlaq huquqlari 
quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga 
ruxsat berish huquqini anglatadi:
— ijro yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi);
— ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki 
mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o ‘tkazish yo'li bilan 
tarqatish (tarqatish huquqi);
— ijro yozuvini barchaning e ’tiboriga yetkazish (barchaning 
e'tiboriga yetkazish huquqi);
— ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular 
ijrochining roziligi bilan tarqatilganidan keyin ham daasl nusxaga 
va nusxalarga bo'lgan mulk huquqidan qat’i nazar, prokatga berish 
(prokatga berish huquqi);
— ilgari yozilmagan ijrolami yozib olish (yozib olish huquqi);
— ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar bunday 
eshittirish yoki ko ‘rsatuv uchun foydalaniladigan ijro ilgari efirga 
uzatilm agan bo ‘lsa yoki yozuvdan foydalanilgan holda amalga 
oshirilmasa (yozib olinmagan ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali 
yuborish huquqi);
— ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, 
agar dastlab bu yozuv notijorat m aqsadlar uchun tayyorlangan 
b o ‘lsa (ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish 
huquqi).

Agar ijro yozuvining nusxalari ulam i sotish yoki mulk huqu- 


qini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish vositasida fuqarolik 
muomalasiga qonuniy kiritilgan bo'lsa, ulam ing bundan buyongi 
tarqatilishiga ijrochining roziligisiz va unga haq to'lanm agan holda 
yo‘l qo ‘yiladi. Ijrochilar o ‘z huquqlarini ijro etiladigan asarlar 
mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.
F K fonogramma tayyorlovchining huquqlarini ham belgilaydi. 
Fonogrammani tayyoriovchiga FKga va boshqa qonunlarga muvofiq 
mazkur fonogrammadan foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish