Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.
IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo’lib, uni shoir Qashg’ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi.
2.XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi.
U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi.
Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi.
Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.
Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik.
Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish, ekin ekish, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlaroga yo’l ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi.
Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-ma’rifat shamlari mnecha asrlar bo’yicha insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana necha asarlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar sohiblari kiradi.
XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy, Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning o’rni va roli ham beqiyosdir.
XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897) ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bo’la oladi, deydi.
“Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiqetish uchun, uning hamma qit’alarini va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim.
3.Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi o’ziga xos ravishda o’z ichimini topganligini alohida qayd etishimiz mumkin.
O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1.
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2
Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.1
IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al –Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar.
Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al-Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan.
Xulosa
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni yoshlar forumida ishtirok etdi. Prezidentimiz o‟z nutqida yoshlarimizni ulug‟ allomalarimizdan namuna olgan holda bilim olishga undadi: “Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: “So’z – gul, ish – meva”. O„ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo„lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Sizlar ko„p kitob o„qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o„tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo„lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg„oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda” Prezidentimiz o„z so„zida davom etar ekan, bu o„rinda qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm – “algoritm”ni eslashning o‘zi kifoyaligini ta‟kidladi. Ushbu ulug„ zotning beqiyos xizmatlarini insoniyat hamon minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamshumul kashfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratishda ham asos bo„lgan. XULOSA Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‟lsak buyuk allomalarimizning bizlarga qoldirgan ilmiy me‟rosi ham buyukdir. Ushbu ilmiy me‟rosdan hozirgi zamon bilan uyg‟unlashtirilgan holda foydalanish har bir bilim oluvchi uchun muhimdir. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‟lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‟rinni egallaydi. Oilada ota – onalar, ayniqsa, o‟qimishli ota – onalar o‟z farzandlarining haqiqiy inson bo‟lib kamol topishiga alohida e‟tibor berishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |