Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy Psixalogiya yo'nalishi 1-bosqich sirtqi ta'lim talabalari Mirpo'latova Dilnoza vaMuhamedova Umidaning O'zbekistonning Yangi Tarixi fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu:Orol fojiasi Reja:
“Bir paytlar noyob va go‘zal dengizlardan biri bo‘lgan Orol bir avlod ko‘z o‘ngida qurib borayotgan suv havzasiga aylandi. Uning sahroga aylangan tubi aholi salomatligi va genofondiga halokatli ta’sir ko’rsatmoqda, qishloq xo‘jalik yerlari, o‘simlik va hayvonot olamining tanazzuliga sabab bo‘lmoqda”.
O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan xati (Toshkent, 2010 ) 2014 2013 2012 2011 2010 2009 2008 2007 2006 2005 2004 2003 2002 2001 2000 ОРОЛ ДЕНГИЗИНИНГ ҚУРИБ БОРИШ ДИНАМИКАСИ Xozirgi kunda tabiatning noyob tuhfasi bo’lgan Orol dengizining qurib, butun dunyo muommasiga aylanib borayotganligi xech kimga sir emas. Orol dengizi quruqlikdan o’rin olgan, suvi oqib chiqib ketmaydigan, sho’r dengiz va ko’l xislatlariga ega bo’lgan suv havzasidir. Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suvlari quyiladi va bug’lanish evaziga muvozanatda turadi. Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, bir vaqtlar Orol dengiziga suv beruvchi Amudaryo va Sirdaryo Kaspiy dengiziga quyilgan.
1. Orol dengizining qurish sabablari Keyingi 10 yilliklar mobaynida qishloq xo’jalik yerlarining sug’orish va sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun qaytarilmas suv iste’molining o’sishi, shuningdek, ko’p yillik qurg’oqchilik Orol dengiziga daryo suvlarini quyulishini asta-sekin kamayishiga olib keldi.
O’zbekistonda XX asr boshlarida 400 ming gektar sug’oriladigan yer bo’lgan bo’lsa, 1988 yilga kelib 4 mln 100 ming gektarga yetdi. O’zbekistan sobiq Ittifoqning asosiy paxta xom ashyosi etkazib beradigan agrar respublikasiga aylantirildi. Paxta ekiladigan maydonlarning ko’paytirilishi bilan Orol dengizi sathininh pasayib borishi o’rtasida o’zaro bog’liqlik yuzaga keldi.
Orol dengizi muammosini kelib chiqishiga sabab bo’lgan 2-omil 1959-67 yillarda qurilgan Turkmanistondagi Qoraqum kanalidir. Uning uzunligi 950 km bo’lib, daslabki 450 km qismida kema qatnovi yo’lga qo’yilgan. Ushbu daryo Amudaryodan sekundiga 300 metr kub suv oladi.Qanal o’zaniga 3ta yirik suv ombori qurilgan.Qoraqum kanalini ishga tushirilishi bilan Orol sathi keskin pasaya boshladi.
1.
Suv ko’p talab qiladigan ishlab chiqarish korxonalarining rivolantirilishi va joylashtirilishi
2.
Qishloq xo’jaligida suvni eng talab qiladigan ekinlarni, ayniqsa, paxta va sholi ekin maydonlari-ning kengaytirilishi
3.
Xosildorli past,sug’orish qiyin bo’lgan yangi ekin maydonlarini ochish va sug’orish ishlari sifatiga e’tibor bermaslik