Talaba: Musayev Ilhom
Beshinchi haftalik hisoboti.
Men Musayev Ilhom ushbu hafta davomida Muqaddas Ramazon oyi tugashi munosabati bilan muhtaram Prezidentimizning sharofati bilan bir necha kun davomida qo’shimcha dam olish kuni bilan boshlanganiga qaramasdan, hafta davomida Respublika ma’naviy-ma’rifiy markazi bo’limlarida amaliy faoliyatimizni davom ettirdik. Ushbu hafta davomida bir qancha tadbirlar yuzasidan takliflar, ularning amalga oshirish jarayonlari haqida bir nechta fikr-mulohazalarni amalga oshirdik. Qolaversa, 9-may Xotira va qadrlash munosabati bilan qayerlarda, qay tartibda o’tkazilishi lozim bo’lgan tadbirlar ro’yxatini shakllantirdik. Shu yuzasidan bir qancha tadbirlar ishlab chiqidik. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Inson qadri ulug’-xotira muqaddas” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdik va shunga ko’ra, tadbir a’lo darajada, yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi desak xato bo’lmaydi. Tadbirda bahru-bayt mushoirasi, kuy qo’shiqlar bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, ushbu bayram munosabati bilan ko’plab hududlarda tadbirlar o’tkazildi va ularning ba’zilarida biz ham qatnashib ma’naviy ozuqa oldik hamda vatandoshlarimizning qahramonligi, vatan yo’lida qilgan xizmatlari haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’ldik.
Talaba: Musayev Ilhom
Oltinchi haftalik hisoboti.
Men Musayev Ilhom ushbu hafta davomida amaliyot rahbarlarim bilan Maʼrifat targʻibot markazi zimmasidagi quyidagi asosiy vazifalar bilan tanishdim:
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini targʻibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatini tashkil etish;
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish;
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
milliy gʻoyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari oʻrtasida keng targʻib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuygʻularini kuchaytirish;
targʻibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh хususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
ma’naviy-ma’rifiy targʻibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni muntazam yoʻlga qoʻyish;
yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, jumladan, kitobхonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda gʻoyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
хalqimizning tariхiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |