Talaba: Musayev Ilhom
Uchinchi haftalik hisoboti.
Men Musayev Ilhom ushbu hafta davomida "Muzeylar salohiyatining oʻrni" mavzusida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdik. Tarixni o'rganish, tahlil qilish orqali inson ozini ham yaxshi anglaydi, maʼnaviy jihatdan yetuk bolib ulg'ayadi. Аjdodlar tarixi, urf-odatini chuqur bilgan, o'tmishdan xulosa chiqara olgan kishigina ertangi kuniga ishonch bilan qadam tashlaydi. Shu maqsadda joriy yilning 20-aprel kuni, O'zbekiston Respublikasi Ma'rifat va targʻibot markazi rahbari buyrugʻi bilan “Ozbekiston tarixi Davlat muzeyi”da boldik. Bu tashrifdan asosiy maqsad, biz talabalarni yurtimizning kohna tarixi bilan tanishtirish, ajdodlarimizning otgan asrlardagi turmush tarzini ifodalovchi arxeologik manbalarni korsatish, baʼzi urf-odatlarimiz kelib chiqishi togrisida tasavvur hosil qilishdan iborat edi.
Muzeyda joylashgan 250 mingga yaqin eksponatlar O'zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrdan bugunga qadar rivojlanishi haqida maʼlumot berishi bilan talabalarni qiziqtirdi. Shuni taʼkidlash kerakki, muzeyning o'ziga xos jihati unda nafaqat tarix to'g'risida, balki hozirgi kunda davlatimizda yuz berayotgan o'zgarish va islohotlar haqida ham batafsil maʼlumotlar uchraydi. Bu esa biz talabalarga yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot yo'li, maqsad va vazifalarini chuqur anglashga ko'mak beradi. Ekskursiya davomida biz yoshlar yurtimiz tarixi naqadar buyuk va salmoqli ekanligiga yana bir bor amin boʻldik.
Talaba: Musayev Ilhom
To’rtinchi haftalik hisoboti.
Men Musayev Ilhom yangi hafta davomida amaliyot rahbarim Nurmatov Oʻtkir aka topshirigʻi bilan Maʼnaviy ehtiyojlar mavzusida test savollari tuzdim. Test savollari:
Maʼnaviy ehtiyojlar yuksalishi qanday qonuniyatga binoan yuz beradi?
Ijtimoiy taraqqiyitning obyektiv qonuniyatiga binoan
Birlamchi ehtiyojlarning qondirilishi ikkilamchi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi qonuniyatga binoan
* Dastlabki ehtiyojlarni qondirilishi yanada yuksakroq ehtiyojlarni tugʻdirish qonuniyatiga binoan
B va C
Maʼnaviy ehtiyojlar inson ongini yuksaltirishda qanday rol oʻynaydi?
Maʼnaviy mahsuldorlik natijalarini oʻzlashtirishga intilish bilan bogʻliq. U sanʼat madaniyat va fan bilan tanishishni oʻz ichiga oladi
Hozirgi jamiyatda moddiy tartib va ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlar bilan bogʻliq
Shaxsni barkamol rivojlanishi bilan bogʻliq
*Barcha javoblar toʻgʻri
Maʼnaviy ehtiyojlarini cheksizligi nimadan iborat?
* Maʼnaviy ehtiyojlarini toʻxtovsiz rivojlanib borishiga bogʻliq
Maʼnaviy ehtiyojlarni tor doirada ekanligidan iborat
Maʼnaviy ehtiyojlar yangilanib borishidan iborat
Maʼnaviy ehtiyojlar qisqa davr davom etishidan iborat
Maʼnaviy ehtiyoj qanday omillarga bogʻliq?
* Inson yoshi, jinsi ...
Budjet mablagʻlari, pensiyalar darajasiga
Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda, ish haqi darajasiga bogʻliq
Insonlar olayotgan daromadiga bogʻliq
Do'stlaringiz bilan baham: |