Mirzo ulugʼbek nomidаgi oʼzbekiston milliy universiteti geogrаfiya vа tаbiiy resurslаr fаkulteti


Tumanda qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanganligi



Download 2,65 Mb.
bet4/6
Sana01.01.2022
Hajmi2,65 Mb.
#294473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot hisobot Iqtisodiy geografiya

Tumanda qishloq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanganligi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — sut-goʻsht chorvachiligi, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik va b. Tuman umumiy yer fondi 479,3 ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 14,9 ming ga. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari yerlari umumiy maydon 140,6 ming ga, shundan ekinzorlar 11,9 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 6,1 ming ga), bogʻ va tokzorlar 7 ming ga, pichanzor va yaylovlar 64,6 ming ga. Jami tomorqa yerlar, bogdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,5 ming ga (shu jumladan sugʻoriladigani 2 ming ga). Bo’stonliq tumanida 19 shirkat xoʻjaligi (shu jumladan 6 ta sabzavot, 13 ta sutsabzavot yetishtiriladigan shirkat xoʻjaligi). 3 ta qishloq xoʻjalik shirkati korxonasi (boʻrdoqichilik, naslchilik parranda reproduktori va ipakchilik xoʻjaligi) bor. Umumiy ekin maydon (tomorqa yerlari bilan birga) 15,1 ming ga, shundan sugʻorma dehqonchilik yerlari 8,8 ming ga, lalmikor dehqonchilik yerlari 6,3 ming ga. Ekin maydonlarining asosiy qismi gʻalla, sabzavot, kartoshka yem xashak ekinlari bilan band (5-rasm). Chorvachilikda qoʻychilik, parrandachilik, yilqichilik ham mavjud. Pilla yetishtiriladi. 25,1 ming qoramol, shundan 13,2 ming sigir, 67,8 ming qoʻy va echki, 18 ming parranda boqiladi. Oʻrmonzor maydon 28 ming ga ni tashkil etadi. "Oʻzbaliq" korporatsiyasiga kiradigan "Xonbaliq" xoʻjaligi bor.



5-rasm. Bo’stonliq tumani

qishloq xo’jaligi yerlari.
Shuningdek Bo’stonliq tumani hududida Maxmud Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik, mevachilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli bog’ ham mavjud. Ushbu bog‘ hududi 490 ga dan iborat bo’lib shundan 40,19 ga uzumchilik, 54 ga yong’oq mevalilar, 34,63 ga olmazor, 11,19 ga nokzorlar, 17 ga gilos mevalaridan iborat. Bu bog‘ hududidagi mevalar davlatga qarashli bo’lib sotuvga chiqarish taqiqlanadi. Bu bog‘ asosan tajriba uchun barpo etilgan. Bog‘ hududidagi uzumlardan asosan vino olishda foydalaniladi. Bog‘ hududida yana ko’plab mevalar uchraydi.

Shuningdek, Bo’stonliq tumani hududida adir mintaqasida tashkil etilgan intensiv bog‘ ham mavjud. Bu yerda intensiv ravishda yetishtiriladigan olmalar mavjud. Bu bog‘ maydoni 13,5 ga bo’lib shundan 1 ga hududi gilos daraxtlari bilan band ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu yerda olmalarning 9 ta turi mavjud. Bu olmalarning ayrim navlari Turkiya davlatidan olib kelingan. Bu yerda 19 kishi doimiy ish bilan taminlangan. Shulardan 5 kishi bog’bon 11 kishi qorovul va 3 kishi traktorchi. Yana 7-8 kishi sheriklikda ish bilan taminlangan.




6-rasm. Bo’stonliq tumanida joylashgan intensiv bog‘.

Bo’stonliq tumani hududida chorvachilik ham yaxshi rivojlangan bo’lib asosan fermer xo’jaliklari va aholining madaniy chorvachiligidan iborat. Shuningdek, bu hududda yovvoyi hayvonlardan kiyiklarni ko’paytirish va asrash maqsadida „Deer hills“ xo’jaligi tashkil qilingan. Bu xo’jalik 2019-yilda tashkil topgan. „Deer hills“ so’zining ma’nosi bug’ular vodiysi, kiyik tepaliklari degan manolarni anglatadi (7-rasm). Bu fermer xo’jaligi umumiy maydoni 200 ga bo’lib bu fermaga 50 ta bug’u Yevropaning Sloveniya va Avstriya davlatlaridan olib kelingan. Bug’ularning tirik vazni 170-200 kg atrofida. Bugungi kunga kelib kiyiklarning umumiy soni 100 tadan oshgan. Bundan tashqari bu xo’jalikda Emu zotiga mansub tuyaqushlar ham boqilar ekan. Ularning soni hozirgi kunda 3 tani tashkil qiladi.








8-rasm. „Deer Hills“ xo’jaligidagi bug’ular.

Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish