Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni Reja Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari
Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi. Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok Ulug`bek ismi bilan mashxur bo`ldi. Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
Temur saroyida hukm surgan an'anaga binoan, shahzodalar bobosining katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi. Ulug`bekning bolalik yillari haqida ana shuni ham aytish kerakki, u hamisha bobosining diqqat e'tiboriga sazovor bo`lgan. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga zo`r e'tibor berdi. Ulug`bek bilimdon va tajribali murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular Ulug`bekni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan yaqindan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo`lib yetishgan shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.

Do'stlaringiz bilan baham: |