yaratuvchanlikdir.
Ko‘p hollarda «Ijod - bu kashfiyot va ixtiro qilish jarayoni bilan bog‘liq murakkab jarayondir»,2 deb e’tirof etiladi. Bunda ijodning faqat ilmiy faoliyat natijasi ekanligi qayd qilingan. Fikrimizcha, ijod bu faqat ilmiy faoliyat mahsuli emas. Balki, g‘ayritabiiy ahamiyat kasb etgan fikr-mulohaza va faoliyat natijasidir.
«Ijod, - deb yozadi Z.Davronov, - bu - izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish uchun obyektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy bilim va tuyg‘ulami amalga oshiruvchi jarayondir»3. Bu fikrda ham ma’lum bir haqiqat unsurlari mavjud. Chunki ijod faqatgina qobiliyatga tayanuvchi shaxsiy faoliyat mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining obyektiv taraqqiyot manbalariga ega bo‘lgan murakkab va serqirra hodisadir. Bunday murakkablik, ayniqsa, ijodiy faoliyatga xos yaratuvchanlikda yorqin namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ijodiy faoliyat mahsuli samarasi, ya’ni insonning badiiy, ilmiy, texnik tafakkuri mahsuli bo'lgan asarlari, ilmiy ratsionalizatorlik ishlari majmui ham ijod mahsuli deyiladi.
A.Azizqulov «Ijod insonni yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlami yaratishga qaratilgan murakkab ruhiy-ma’naviy faoliyatdir. Inson tomonidan tabiiy borliqni o‘zlashtirish va o'zgartirish faoliyati faqat ijodiy yondashuv natijasida sodir bo‘ladi. Aynan, ijodkorlik faoliyati orqali inson tabiatdan ajralib chiqdi va uni o‘ziga bo‘ysundirdi»,4deb yozadi. Mazkur fikrda ijodning umumfalsafiy mazmun-mohiyati ochib berilgan bo‘lsa-da, uning aniq ilmiy asosi e’tibordan chetda qolganligini kuzatamiz.
1Нестерова О.Ю. Интерпретация природы творчества: концептуальный аспект // Материалы VI Международной научно-практической конференции студентов, аспирантов, молодых ученых «Актуальные проблемы гуманитарных наук». - Томск, 2007. - С. 344-34.
2 Шумилин А.Т. Проблемы теории творчества. - М.: Высшая школа, 1989. -92 с.
3 Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. - Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2007. -16-b.
4 Qarang: Azizqulov A.A. Ilmiy ijodiyotda ratsionallik va noratsionallik: konseptual tahliliy
yondashuvlar: Dis. ... Fal. fan. nom.; 0 ‘zR Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat un-ti. - Samarqand, 2007. - 146-b.
93
Ushbu rang-barang ta’riflar ijodning murakkab hodisa ekanini, uning ilmiy-nazariy masalalari hali to‘la va mukammal ishlab chiqilmaganini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, ijodning namoyon bo‘lishini sun’iy yo‘l bilan tushuntirib berishimiz qiyin. Ijod bu original tushunish va tushuntirishdan iborat bo‘lgan murakkab fenomen. Shunday bo‘lsa-da, yuqorida keltirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda, uning quyidagi ta’rifini berishimiz maqsadga muvofiqdir: ijod bu shaxsiy nuqtai nazar yoki ongimizda har soniya o‘tadigan mulohazalardan iborat emas. U kamdan-kam hollarda inson miyasiga keladigan, ehtimol hayotda bir necha marta bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |