Mirzo ulug bek nomidagi


Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi



Download 2,22 Mb.
bet103/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi. Insoniyat sivilizatsiyasi


azaldan oqilona sivilizatsiya bo ‘lib, unga borliqqa nisbatan oqilona yondashish, muammolarni echishning amaliy-pragmatik usullarini


topish ruhi xos. Aql, idrok, logos oqilonalikning aniq-ravshan ko‘rinib turuvchi tarkibiy elementlaridir. Biroq aql («sof» aqldan farqli o‘laroq) «sof bo‘lmasligi» ham mumkin. Idrok amalda oqilona bo‘lmagan narsaga ishora qilishi, logos - so‘zi birdan Xudo, tuyg‘ular va muhabbatni madh eta boshlashi mumkin. Bu holda oqilonalik qayoqqa yo‘qoladi? U qaerda? Ayni holda oqilonalik transsendent tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi.

Hozirgi olimlar fan rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida mushohada yuritar ekanlar, u awalo, o‘zining oqilonaligi bilan ajralib turishini, dunyoni o‘zlashtirish oqilona usulining keng





188

tarqalishi tarzida gavdalanishini qayd etadilar. Fan oqilonalikning kognitiv-metodologik tizimini qadam-baqadam yaratmoqda, degan dabdabali fikrlarga ham duch kelish mumkin. Bunda oqilonalik tushunchasining hajmi noaniqligicha qoladi va buni qanday tushunish kerak, degan navbatdagi savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga javob topish yo‘lidagi izlanishlarda murakkab ilmiy muammolarni sogiom fikr nuqtai nazaridan yoritishga da’vogar ta’riflar yaxshi samara berdi. Shu nuqtai nazardan oqilonalik - bu avvalo, insonni dunyoga bog'lashning muayyan usuli. Inson dunyo bilan tabiatga, Xudoga, hayotga muhabbat orqali bog‘lanishi mumkin.


Oqilonalikning yagona universal talqini mavjud emas. Hozirgi zamon metodologlari oqilonalikning har xil turlari, chunonchi: «ochiq», «yopiq», «universal», «maxsus», «yumshoq», «о ‘ta» oqilonalik, ijtimoiy, kommunikativ va institutsiyaviy oqilonalikning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib, «oqilonalik» tushunchasi ko‘p ma’noli tushuncha ekanligini e’tirof etadilar. Oqilonalikning mazmuni:



  1. aqlda aks etgan tabiiy uyushqoqlik sohalariga;

  2. dunyoni konseptual-diskursiv tushunish usullariga;

  3. ilmiy tadqiqot va faoliyat normalari va metodlari majmuiga bog‘lanishi mumkin.

0 ‘z-o‘zidan ayonki, bu oqilonalik bilan fan metodologiyasini tenglashtirish uchun imkoniyat yaratadi. N.Moiseyev fikriga ko‘ra, «borliq (aniqrog‘i - insonning o‘zini qurshagan muhitni idrok etishi) oqilona sxemalami vujudga keltirgan. Ular o‘z navbatida metodlami yaratgan, metodologiyani shakllantirgan. Metodologiya esa dunyo - Olam (universum)ning manzarasini oqilona tarzda chizish imkonini beruvchi vositaga aylangan»1. V.Shvirev «Hozirgi zamon madaniyatida oqilonalik» deb nomlangan maqolasida «oqilonalik tushunchasini talqin qilishda konseptual inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur muammo yuzasidan ketayotgan munozaralarda o‘z aksini topadi va oqilonalikning muayyan tarixiy shakli - Yangi davr va Ma’rifat davridagi oqilonalik haqidagi klassik qarashlar bilan bog‘liq. Oqilonalikning hozirgi inqiro-zi - bu, tabiiyki, oqilonalik to‘g‘risidagi klassik qarashlaming inqirozidir»2, deb qayd etadi. Mazkur inqiroz aniq g‘oyaviy-konseptual mo‘ljallaming yo‘qolishi bilan bog‘liq. Klassik oqilonalik nuqtai
1Моисеев H. Современный рационализм. - М., 1995.-41 с.

2 Швырев B.C. Рациональность в современной культуре. Общественние науки и современность.


1997. №1. С. 105-106.



189

nazaridan, dunyo qonunga muvofiq, strukturaviy uyushgan, tartibga solingan, o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi hodisa deb tushunilgan.




Dunyoning hozirgi ilmiy manzarasida oqilonalikka ong va tafakkuming oliy hamda qonuniylik talablariga eng muvofiq tipi, madaniyatning barcha sohalari uchun namuna deb qaraladi. U maqsadga muvofiqlik bilan tenglashtiriladi. Oqilonalikning kashf etilishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, tafakkuming ideal obyektlar bilan ishlash qobiliyati, so‘zning dunyoni aqlga muvofiq tarzda va tushunarli qilib aks ettirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu ma’noda oqilonalikning kashf etilishi qadimiyatga borib taqaladi. Insonning dunyoda o ‘z о ‘mini topishining oqilona usuli ideal ma’nodagi faoliyat bilan bog'liq, shuning uchun ham oqilonalik real obyektlarning faqat xayolda mavjud bo ‘Igan ideal obyektlarga aylanishining maxsus tartib-taomillari uchun javobgardir. Ammo ideal obyektlami tuzish faoliyati xayolning cheksiz parvoziga imkon bersa, ilmiy oqilonalik, ya’ni fan e’tirof etuvchi ideal obyektlami tafakkurda tuzish xayolning erkinligini cheklaydi. Unga amalda qo‘llash uchun yaroqli bilimlar kerak, binobarin, u faqat odamlaming hayoti va faoliyatida bevosita yoki bilvosita, dolzarb yoki potensial tarzda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ideal obyektlar va tartib-taomillamigina e’tirof etadi.

Bir tomondan, ilmiy oqilonalikni fan va tabiatshunoslikning rivojlanish tarixi, bilish tizimlarining takomillashtirilishi va metodo-logiya bilan bog‘laydilar. Bunda oqilonalik mantiqiy-metodologik standartlar bilan «qoplanadi». Boshqa tomondan, oqilonalik aqlga muvofiqlik, haqiqiylik bilan tenglashtiriladi. Bu yerda ham haqiqiy bilimning mezonlari, asoslari va dalillarini aniqlash, bilish tilini takomillashtirish muammolari birinchi o‘ringa chiqadi. B.S.Gryaznov fikriga ko‘ra, ilmiy bilimning oqilona tizimi, birinchidan, gomogen, ikkinchidan, berk bo‘lishi va nihoyat, uchinchidan, sababiy bog‘langan tuzilishga ega bo‘lishi lozim.





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish