441
Interiorizatsiya - insonning ijtimoiy-kommunikativ jarayonlarda moddiylashgan ijtimoiy (shu jumladan, ilmiy) axborotni anglab yetishi.
Internalizm - ijtimoiy sharoitlar fanning rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini, albatta, inkor etmaydi, lekin bu ta’simi ahamiyatga molik emas deb hisoblaydi.
Informatika (fransuzcha information - axborot va automatique - avtomatika) - axborot olish, unga ishlov berish, uni saqlash va taqdim etish jarayonlarini tadqiq qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot texnikasi va texnologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish va ulardan foydalanish masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fan-texnika faoliyati.
Irratsionallik - aql bilan bilish mumkin boimagan, mantiqiy fikrlash bilan muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar.
Iste’dod - shaxsning individual-psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, asosan ilmiy izlanish jarayonida eng katta kuch sifatida faol ishtirok etadi.
Kontrreduksiya tamoyili - oliy immanent «metayaxlit» xossalaming mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkinligini e’tirof qiluvchi jarayon.
Kumatoid - suzayotgan obyektni anglatib, obyektlaming tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi, parchalanishi mumkin.
«Case studies» atamasi pretsedentning, ya’ni kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig'maydigan individuallashtirilgan obyektning mavjudligini aks ettiradi.
Metayaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, emeijentdir.
Metod (yunon. metods - usul) - keng ma’noda yoi, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolami anglatadi. Metod u yoki
442
bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir.
Metodologiya tushunchasi - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k) va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Metodologiya faqat metodlami emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalami ham o‘rganadi.
Modellashtirish tamoyili va o‘xshatish metodi - obyektlaming ba’zi bir xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruk-siyalami tadqiq qilish orqali bilish mumkinligi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yoiidir.
Modellashtirish - borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ulami o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishr.
Muammo - bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega boigan masala yoki masalalar majmui. Shuningdek, muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda - biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlami tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammo - bu yechilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa.
Muammoni qo‘yish - ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni qo‘yishda, awalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalami ajratgan holda uni ta’riflash lozim.
Nazariya - bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas, balki unga faol ta’sir etib aqliy asosda o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy g‘oyalar to‘plami.
Nomotetik metod (yunoncha nomothetike - «qonunchilik san’ati») - qonunlami umumlashtirish va belgilashga qaratilgan bo‘lib, tabiatshunoslikda namoyon boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |