O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligi
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Farmatsiya fakulteti 202B guruh talabasi
Muzaffarova Shohidabonuning
Farmatsevtik botanika
fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:To’pgullarning muhim morfologik belgilari,ya’ni ochiq va yopiq, oddiy va murakkab to’pgullar
REJA: 1. To’pgullarning umumiy ta’rifi .
2. To’pgullarning morfologik xususiyati
3. To’pgullarning biologik xususiyati
4. Shoxlanish xususiyatiga ko’ra to’pgullarning guruhlanishi.
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Agar bitta umumiy bandda (gulpoyada) bir nechta gul joylashgan bo’lsa, bunday gullarga to’pgullar deyiladi. Juda kamdan-kam hollarda o’simlik yakka gulga ega bo’ladi. To’pgullarning umumiy ta’rifi
To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simlik- larga lola, binafsha va behini misol qilib keltirish mumkin. To’pgullarning umumiy ta’rifi
Novda gul hosil qilishdan oldin,uning uchki meristema hujayralari tez o’sib o’z shaklini o’zgartiradi va boshlangich gul hosil qiladi. Ba’zi o’simliklarda masalan, buzina, siren giasint va boshqalarda to’pgul kurtak ichida rivojlanadi. Kurtak ochilgandan keyin to’pgul bo’g’inlarga ajralib aniq ko’rinadi.
To’pgullarning morfologik xususiyatlari.
To’pgulning yondosh ya’ni qoplagich bargchalari yaxshi rivojlangan bo’lsa va barg yashil rangda bo’lsa frandoz to’pgul deb ataladi.Agar to’pgulda faqat gul oldi qoplagich barglar bo’lsa brakteoz to’pgul deb ataladi. Ba’zi to’pgullarda hech qanday barglar bo’lmaydi.Bunday to’pgullar ebrakteoz deb ataladi.
To’pgullarning morfologik xususiyatlari.
Gulning changlanishi ko’p jihatdan to’pgulga bog’liq. To’pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi changlanadi.
To’pgullar shoxlanishi natijasida ulardagi gullar soni ko’payadi va hasharotlarni uzoqdan o’ziga jalb qiladi.To’pguldagi gullar birdaniga ochilmasdan birin-ketin ochiladi,bu ham chetdan changlanishga imkon yaratadi.
To’pgullarning biologik xususiyati
To’pgullarning biologik ahamiyti shundan iboratki ,plastik material kam sarf etadidan mayda gullar to’pgulda to’planib,xasharotlarga uzoqdan yaxshi ko’rinadi va chetdan changlanishni tezlashtiradi.Shamol yordamida changlanadigan o’simliklarning to’pgullari yon bargchalar bilan tutashmaydi.Bu esa changni shamol yordamida tarqalishiga ko’maklashadi.
To’pgullarning biologik xususiyati