12
(Ahmad Yassaviy asarlari), hozirgi uyg‘ur tili va shevalari kiritilgan (bunda
ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan). Ularning ba’zilari turkiy tillarni
hududiy
jihatdan tasnif qilsa, ayrimlari tillarning muayyan lingvistik belgilariga
asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha
bog‘lanmaydi.
Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan
bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy tili tarixi ham
olimlar tomonidan turlicha
davrlashtirildi. Jumladan, Malov (1951) o‘zbek adabiy tili tarixini uch
davrgabo‘ldi: 1) Uyg‘ur
adabiy tili; 2) Chig‘atoy adabiy tili; 3) O‘zbek adabiy tili.
Bu davrlashtirishga ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tili chig‘atoy adabiy tilidan kelib
chiqadi. Chig‘atoy (eski o‘zbek) adabiy tili esa o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy
tilidan kelib chiqqan.
Samoylovich (1928) o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrgabo‘ladi:
1. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XІ asrlar). Bu davr qoraxoniylar
davlatida shakllangan va keng qo‘llangan sharqiy turkiy
adabiy til va shu tilda
yozilgan asarlar bilan ajralib turadi.
2. O‘g‘uz-qipchoq tili (XII-XIV asrlar) — o‘g‘uz-kipchoq dialekti negizida
rivojlangan g‘arbiy turkiy adabiy til hamda bu yerda yaratilgan asarlar bilan
bog‘langan.
3. O‘rta Osiyo adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida
turkiy-eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog‘langan. Hozirgi o‘zbek
adabiy tili esa O‘rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.
A.Щerbak (1953) tasnifi:
1. O‘zbek adabiy tilining eng kadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan
sharqiy turkiy adabiy til hamda ma’lum darajada g‘arbiy turkiy adabiy til bilan
bog‘langan.
2. O‘zbek adabiy tilining o‘rta - «chig‘atoy» tili davri (XIV-XVI asrlar).
Bu davr tili asosan eski o‘zbek adabiy tili hamda shu tilda
yozilgan asarlar bilan
bog‘langan.
14
3. Eski turkiy adabiy til (XI-XIV asr birinchi yarmi)
4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asr ikkinchi yarmi - XX asr 30-yillari)
5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asr 30-yillaridan hozirga qadar).
Umuman, o‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish bir tomondan o‘zbek
xalqining
shakllanishi, etnik tarkibi, taraqqiyotini, ikkinchidan,
qadimgi turkiy til
qurilishi va hozirgi turkiy tillar tasnifida o‘zbek adabiy tilining tutgan o‘rni, o‘ziga
xos jihatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: