eshit emdi sartlar bashi
(DTS,490). Sart atamasi aslida sanskrit
tilidan olingan bo‘lib “karvonboshi, savdogar, shaharlik ma’nolarini anglatgan.
Bunda sartlar alohida guruh bo‘lib, ularning boshliqlari ham bo‘lgani xususida gap
21
boradi. “Devonu lug‘otit turk”da “savdogar” semasida kelgan:
sartning azuqi arig‘
bo‘lsa yo‘l uza yer
(MK,I,76). Sart atamasi aslida sanskrit tilidan olingan bo‘lib
“karvonboshi, savdogar, shaharlik” ma’nolarini anglatgan Arablar esa O‘rta
Osiyodagi musulmonlarni sart nomi bilan atashgan. Rashididdinning “Jome-ut-
tavorix” kitobida mo‘g‘ullar qarluqlarni sart deb ataganligi yoziladi. Nosiruddin
Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida mazkur leksema o‘troq aholini
bildirgan. Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” asarida forsiy tilda so‘zlovchilarni
sart, sart ulusi, sart eli va forsigo‘y atamalari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa
sart tili, sart lafzi, forsiy, forsiy til, forsiy alfoz singari tushunchalar bilan
ifodalaydi. Bobur bu so‘zni ham fors-tojiklar, ham o‘troq aholiga nisbatan
qo‘llagan:
eli
sarttur;
ba’zi kentlarda sartlardur
.
Muhammad
Solih
“Shayboniynoma” asarida Samarqand qamalini ta’riflab, uning xalqini sart deb
qayd etadi:
Sartlar asru zabun bo‘ldilar
. Bu shayboniylar istilosidan keyin O‘rta
Osiyodagi o‘troq aholi ham ko‘chmanchi o‘zbeklar tomonidan sart deb
yuritilganini ko‘rsatadi. Atama Abulg‘ozi Bahodirxon va XIX asr Qo‘qon
tarixchilarining asarlarida ham ayni ma’noda tilga olinadi.
Venger olimi Vamberi “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” (1865) kitobida sart
so‘zi “shaharlik” ma’nosini bildiradi deb yozgan edi. Keyinchalik XIX asr 2-
yarmidan keyin sart atamasi o‘zbeklar va ularning tiliga nisbatan ishlatiladigan
bo‘ldi: sartiya eli, sartiya lisoni (sart tili, sart iborasi). Mazkur atama chorizm,
ruslar tomonidan mahalliy aholiga nisbatan qo‘llana boshlagan. Bu haqda qator
kitoblar yaratildi. Xususan, ruslarning o‘zbek tilini, ayni paytda, o‘zbeklarning rus
tilini o‘rganishlari uchun V.Nalivkin xotini M.Nalivkina bilan birgalikda «Русско-
сартовский и сартовско-русский словарь обшеупотребительных слов с
приложением краткой грамматики по наречиям Наманганского уезда»
(Kazan, 1884; ikkinchi nashri Toshkent,1912), V.Nalivkinning «Руководство к
практическому
изучению
сартовского
языка»
(Samarqand,1898),
N.Pantusovning «Материалы к изучению сартовского наречия тюркского
языка. Маргеланская сказка о старце и дочери купца» (1899) kitoblari yaratildi.
22
O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi, uning nomlanish tarixi xususida
S.Tolstov, A.Yakubovskiy, Ya.G‘ulomov, L.Omanin, M.Vahobov, A.Asqarov,
B.Ahmedov, I.Jabborov kabi olimlarning tadqiqotlari mavjud.
O‘zbek
atamasi
garchi o‘ziga bek, mustaqil beklik kabi ma’nolarni bildirgan so‘z deb yuritila
boshlagan bo‘lsa ham qadimda bu so‘z qanday ma’noni anglatgani aniq emas.
B.Ahmedovning qayd etishicha, XVI asrning 2 - yarmida Dashti Qipchoqning
katta qismi, xususan, Oq O‘rda va Shaybon ulusida ko‘chib yurgan turk-mo‘g‘ul
qabilalari o‘zbeklar, bu bepoyon hudud o‘zbeklar viloyati, deb atala boshlanadi.
Bundan o‘zbeklar Dashti Qipchoqqa faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo
bo‘lgan degan xulosasi kelib chiqadi.
Tarixiy asarlarda Shayboniyxon boshchiligida O‘rta Osiyo ishg‘ol qilgan
barcha qabila va urug‘lar o‘zbeklar deb ataladi. X.Doniyorov (O‘z tariximizni
bilasizmi \\ Guliston, 1990. №9) maqolasida manbalarga suyanib, o‘zbek
atamasining XI asrda ham ishlatilganini ta’kidlaydi. Olimning qayd etishicha, XI
asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Usoma Ibn Munqizning “Kitob al e’tirof”
(Ibratli kitob) asarida yozilishicha, “o‘zbek qavmiga mansub kishilar o‘sha
vaqtdayoq Arabistonda ancha mavqe egallaganlar, u yerdagi shaharlarga hokim
bo‘lganlar va ularning ixtiyorida o‘z lashkarlari bo‘lgan hamda ular
yevropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar.
“O‘zbekistonning etnik atlasi”da o‘rganilayotgan atama Chingizxonning
katta o‘g‘li jo‘chi xonadoniga mansub yettinchi podshoh O‘zbekxon (1312-1340)
nomidan kelib chiqqanligi aytiladi.
O‘zbek so‘zi urug‘, qabila, elat, saxiy, odamoxun, diltortuvchi, suyukli
ma’nolarida Lutfiy, Atoiy, Navoiy asarlarida ham uchraydi:
Tuzub o‘zbak shilonining kuyini
Supurib yuz bila qaysar uyini (Lutfiy).
Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qo‘shinlari- ning
o‘ng qanotida borayotgan yuz ming o‘zbek va mang‘it samarqanddan Chingacha
saf tortgani tasvirlanadi. Qolaversa, ulug‘ shoir o‘zbek nomini qayta-qayta tilga
olar ekan, har safar bu xalqqa xos biron fazilatga e’tibor qaratadi:
23
Halol ona sutidek gar o‘zbakim tutsa,
Tobuq qilib, yukinib, tustog‘on ichinda qimiz
.
XVI asr boshlarida o‘zbek xalqi va uning tili o‘zbek nomi bilan ham
yuritilgan. Buni Muhammad Solihning «Shayboniynoma»sida keltirilgan quyidagi
baytdan ham bilish mumkin:
Holi aning yeri Turkistondur
O‘zbak eliga muazzam xondur.
Abulg‘ozi Bahodirxon “Shajarai turk” asarida shunday jumlani o‘qiymiz:
barcha Jo‘chi elini o‘zbek eli dedilar. A.Asqarovning yozishicha, Shayboniyxon
Movarounnahrga qo‘shin tortib kelganda, uning qo‘shinida 92 urug‘ suvoriysi
xizmat qilgan. Vaholanki, u paytda Dashti Qipchoqda bor-yo‘g‘i 27 ta urug‘ga
mansub aholi yashagan. 92 bovli o‘zbek qavmining asosiy qismi esa allaqachon
hozirgi O‘zbekiston hududining o‘troq aholisi edi. Xurshid Davron “Samarqand
xayoli” kitobida atamaning kelib chiqishini O‘g‘uzxon va miloddan oldingi XII
asrda yashagan skiflar boshlig‘i Ispek nomi bog‘laydi.
Darhaqiqat, qadimgi turkiy manbalar, xususan, Kultegin bitigtoshi va
Yenisey yodgorliklarida
Do'stlaringiz bilan baham: |