Pul faqat Qozog‘iston va Rossiya uchun sarflanyapti - Qirg‘iziston Yevrosiyo taraqqiyot banki faoliyatidan norozi
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bank Armaniston, Qirg‘iziston va Belarus kabi davlatlarning iqtisodiyotini tenglashtirish uchun ishlashi kerak.
Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov Yevrosiyo taraqqiyot bankining barcha mablag‘lari faqat Qozog‘iston va Rossiyadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ketyapti deb hisoblamoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.
Shu sababli Qirg‘iziston YeOII davlatlari rahbarlarining may oyida o‘tkaziladigan yig‘ilishida bu masalani ko‘tarishni rejalashtirgan.
"Mazkur inqirozga qarshi institut Rossiya va Qozog‘iston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun emas, balki Armaniston, Qirg‘iziston va Belarus kabi davlatlarning iqtisodiyotini tenglashtirish uchun ishlashi kerak va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan bir necha bor ta’kidlangan. Biz bu masalani kun tartibiga olib chiqamiz. Hamkasblarim meni qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddaman. Hozir esa 99 foiz mablag‘ Qozog‘iston va Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga ketyapti", - deb ta’kidladi Japarov.
U shuningdek, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan hukumat rahbarlari yig‘ilishida YeOII ichidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalasini ham ko‘tarish rejalashtirilganini aytdi.
Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevrosiyo makonida investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi. Unga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo. YeOTBning ustav kapitali 7 mlrd dollarni tashkil etadi.
YeOTB asosan transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energetika, sanoat va mashinasozlik sohalaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi.
“Masxarabozlik qilish vaqti tugadi” - Ramzon Qodirov Zelenskiy va ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi
Qodirov Minsk kelishuvlaridagi moddalarni og‘ishmasdan bajarish nafaqat Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishi, balki umumiy keskinlikni pasaytirishini bildirdi.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi.
«Janob Zelenskiy! Masxarabozlik qilish vaqti tugadi. Nojo‘ya oqibatlarning oldini olish uchun o‘z xalqingiz oldidagi burchingizni bajarish vaqti keldi. Ya’ni nafaqat Rossiya prezidenti, balki Ukraina prezidentining ham imzosi turgan Minsk kelishuvlarini bajarish zarurati hech qachon bugungichalik bo‘lmagan», — deb yozdi u Telegram-kanalida.
U Minsk kelishuvlaridagi moddalarni og‘ishmasdan bajarish nafaqat Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishi, balki umumiy keskinlikni pasaytirishini bildirdi.
U shuningdek, Zelenskiyni konstitutsiya va o‘z xalqi xavfsizligining kafolati sifatida tinchlik o‘rnatish va qon to‘kishdan qochish uchun unga bog‘liq bo‘lgan barcha ishni amalga oshirishga chaqirdi.
Qodirov ukrainaliklarga ham murojaat qilib, ukrain xalqi va Ukrainani sevishini ta’kidlagan.
Checheniston rahbari ukrain xalqi tarixiy adolatni tashqarining yordamisiz tiklay olishiga umid bildirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |