Yangi mavzu:
Mustahkamlash darsi
Har doimdek guruhlar bilan ishlaymiz
1-guruh:
“Bilimdonlar guruhi.
Biz guruhimizni Bilimdonlar deya atadik. Yurtrtboshimiz shunday degan:Farzandlarimiz bizdan kora kuchli , bilimli, don ova albatta baxtli bo`lishlari shart
2- guruh:
“Tadbirkorlarguruhi.
2011 yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb ataldi. Biz kelajakda mahoratli kasb egalari bo`lib yurtimiz sha`nini ko`taramiz.
3-guruh:
“Kelajak guruhi.
Bugun bizlar Barkamol avlod
Shu vatanning suyanch ardog`i
Azim chinor bo`lsagar Vatan
Bizlar uning ko`rki yaprog`i
O`quvchilarni quyidagi kartochkalar asosida ballarini aniqlab olamiz.
jarima ragbat
1.Uy vazifasi
O`qituvchi :
Uyga vazifa etib qanday topshiriq berilgan edi?
O`qituvchi :
Barchangiz daftaringizni ochib qo`ying. Tekshiraman.
O`quvchi :
Uyga vazifa 447- mashq Do`st-do`stning oynasi mavzusida matn tuzish. 3 ta guruhdan namuna sifatida bittadan o`qitiladi.
Do`stlik haqida sahna ko`rinishi ijro etiladi.
Guruhlarga Rag`bat yoki Jarima kartochkasi beriladi.
Aqliy hujum sharti orqali 3 ta guruhimizning o`tilgan mavzular bo`yicha bilimini tekshiramiz.
1-guruh:
Bilimdonlar guruhiga tezkor savollar orqali murojaat etamiz.
Gapning markazi-
Gapdagi bosh bo`laklar-
Faqat kesimdan iborat gap-
Birovlarning aynanberilgan gapi-
Ikki kishining o`zaro suhbati-
Fonetika qanday bo`lim-
Til o`rta undoshi-
8. Bo`giz undoshi qaysi-
2- guruh:
Tadbirkorlarguruhiga testlar beriladi
1.Nutq a`zosini toping
A . yurak B .til S . quloq
2.Qaysi qatorda portlovchi j tovushi bor?
A .jo`ra B .jyuri S .projektor
3. Lab undoshini undoshi qaysi?
A .m B .p S .m, p, b
4.Qaysi javobda qorishiq j tovushi mavjud?
A .juma B .juda S .jurnal
5.Qo`sh undoshlardan biri tushirilsa yana bir so`z hosil bo`lgan qatorni toping.
A .qattiq B .alla S .ikkala
6.Tutuq belgisi mavjud so`zni toping
A .qo`shiq B .Mo`jiza S .ma`no
7. ng harfiy birikmasi bor so`z qaysi?
A .menga B .unga S .tongda
3-guruh:
Kelajak guruhi esa Grammatik topishmoqlar beraman.
1. Bosh kelishikda so`zi
Gapda bosh bo`lak o`zi (ega)
2.Biri turlanar, biri tuslanar (ot, fe`l)
3.Tugal mazmun bildirar
So`ngida nuqta bo`lar (darak gap)
4.Sening, noning, quvoning,
Shu so`zlar orasidan
Bizlarga fe`lni toping ( quvoning)
5.Ota-ona, oyu oftob
Qanday so`zlar javobin top ( )
6.Bir so`z yozilsa takror
Orasida ne darkor (chiziqcha)
7. Menda boru senda bor
Odamda bor olamda yo`q
Bu qaysi harf (n harfi)
8.Aytamizu, yozamiz
Ko`ramizu eshitamiz (harf)
O`qituvchi :
Berilgan javoblardan to`g`risiga “Rag`bat noto`g`ri javob uchun Jarima kartochkalarini beraman. Mustaqil ish shartida o`lkamizda bahor fasli hukmronligi bois turli xil bahor haqida gaplar tuzasiz. Xatosiz , husnixat bilan yozilgan gap egalarini aniqlaymiz. Yozuv taxtasiga 3ta guruhdan 1tadan o`quvchi chiqib yozadi.
Shu o`rinda qiziqarli daqiqa o`tkaziladi. Loflardan namuna aytiladi.
-Do`stim bilasizmi , mening bobomning boshi osmonga tegib turar ekan-debdi Sodiq
-Do`stim o`sha bobongizni elkasiga bir nima tegib turmas ekanmi?-debdi Xoliq
-Ha, bobom aytgandi.
-O`sha narsa mening bobomning to`nlarini etaklari ekan.
O`qituvchi :
Mana, Bir chimdim kulgi sahifasidan o`tib darslik-eng yaqin yordamchishartiga ham yetib keldik. Bunda biz darslik bilan ishlaymiz. Husnixatingizga baho qo`yaman.
I-topshiriq
FAQAT , SAFSATA, SHANBA , FIRMA, FALSAFA, TANBUR, O`N BESH
MUSTAHKAMLASH UCHUN BERILGAN SAVOLLARGA Zinama-zinao`yinidan foydalanib javob beramiz.
O`quvchilar raqamlari zinadagi sonlarni birini tanlaydi, shu raqamli savolga javob beradi.
Masalan ,
1.J tovushini izohlang
2.Tutuq belgisini izohlang
3.F harfi boshlanuvchi so`zlardan ayting.
4.O`zakka egalik qo`shimchalar qo`shilganda bo`ladigan fonetik o`zgarishlar haqida so`zlang.
Berilgan javoblardan to`g`risiga Rag`bat noto`g`ri javob uchun Jarima kartochkalarini beriladi.
O`qituvchi :
Aziz o`quvchilar ! Mana hayojonli daqqalar yetib keldi. Endi sardorlarni sinaymiz. Ular Omadingni sinab ko`r texnika vositasidan foydalanib savollrga javob berishadi.
Mahoratingizni ko`rsating
Qo`shiq aytib bera olasizmi?
Tabiat haqida gap tuzing.
Sardorlar savollarga javob berishadi. Ular ham o`qituvchi tomonidan baholanadi.
O`qituvchi :
So`nggi soniyalarda kartochkalar sonini aniqlab , g`olib guruhni topamiz. Bahor fasli bo`lgani bois quyidagi tartibda baholayman.
quyosh - 5- baho ramzi
gul- 4- baho ramzi barg- 3- baho ramzi
O`quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatib baholanadi. G`olib guruh taqdirlanadi.
O`qituvchi :
Mana darsimiz ham o`z nihoyasiga yetmoqda. Bugungi darsimizning Eng faol, Eng iste`dodli, Eng bilimdon ” guruhini aniqlash uchun mehmonlarimizga murojaat etamiz. Demak ,bugun hammangiz yaxshi ishtirok etdingiz. Doimo ushbu satrlarni qalbingizga jo qilib oling.
Boshing egib , ta`zim ayla, shukrona ayt.
Seni guldek erkalagan chaman uchun,
Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt
Aytgil do`stim nima qildik vatan uchun
Bugun biz darsimizda ancha narsalarni o`rganib oldik. Bu daryodan tomchi degani xolos. Har bir narsaning chegerasi bo`lgani kabi darsimiz ham o`z nihoyasiga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |