Mirzaobod tumani 21-maktab o’qituvchisi Sulaymonova Muhayyoning 6-sinflar uchun



Download 231,24 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi231,24 Kb.
#589520
Bog'liq
urushning so\'ngi qurboni


Mirzaobod tumani 21-maktab o’qituvchisi Sulaymonova Muhayyoning 6-sinflar uchun


O`tkir Hoshimovning “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi mavzusida


DARS ISHLANMASI

Mavzu: “Urushning so`nggi qurboni”


Dars maqsadi: ta`limiy maqsad: O`quvchilarni “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi matni bilan tanishtirib, ularning fikrlash doirasini yanada rivojlantirib, asar qahramonlarini tahlil qilishni o`rgatish;
tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarda tinchlik, xotirjamlikning qadriga yetishga da`vat qilish, ularni ota-onaga, yaqinlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalab, ularni yurtga sadoqat, milliy o`zlikni anglash va qadimiy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga da`vat qilish;
rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni o`z fikr-mulohazalarini erkin bayon qila olish, adabiy tilda ravon gapirishga, bahs-munozaraga kirishishga va asarga oid rasm chizish va insho yozish malakasini oshirish.
Kompetensiya: F.K.1 F.K.2 T.K.1 T.K.5
Dars jihozi:darslik, O`tkir Hoshimov portreti va asarlari, tarqatma savol-javob, slaydlar, A4 formatli oq qog`oz, o`quv qurollari va boshqalar.
Dars turi:Bahs-munozara.
Darsning borishi:
I. O`quvchilar bilan salomlashib, sinf tozaligi va navbatchi - o`quvchidan davomat hisoboti tinglanadi. Hozirgi kundagi siyosiy voqealar, fasl yuzasidan suhbat o`tkaziladi.
II. O`tilgan mavzular “Charxpalak” texnologiyasi asosida so`raladi. Bu usulda avvalo o`quvchilarga qulupnay shaklidagi tarqatma savol-javoblar tarqatiladi. Tarqatmada 1-raqamda javob, 2-raqamda savol yozilgan bo`ladi. 1-savolni o`qituvchining o`zi beradi javobi qaysidir bir o`quvchida bo`ladi o`sha o`quvchi tarqatma materialidagi javobni aytib 2-raqamdagi savolni o`qiydi savol-javob shu tarzda davom etadi.
O`qituvchi: “Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o`qiladigan asar” yozgani uchun O`tkir Hoshimov kimdan maqtov eshitadi?
I.Qulupnay
1.Javob: Abdulla Qahhor.
2.Savol: O`tkir Hoshimov qaysi mahallada tug`ilgan?
II.Qulupnay
1. Javob: Do`mbirobod
2. Savol: O`tkir Hoshimovning hikoyalari?
III.Qulupnay
1. Javob: “Urushning so`nggi qurboni”, “Muhabbat”
2. Savol: O`tkir Hoshimovning romanlari?
IV.Qulupnay
1. Javob: “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”.
2. Savol: O`tkir Hoshimovning qissalari?
V.Qulupnay
1. Javob: “Odamlar nima derkin”, “Shamollar esaveradi”, “Ikki karra ikki besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”.
2. Savol: O`tkir Hoshimovning dramalari?
VI.Qulupnay
1. Javob: “Qatag`on”, “Inson sadoqati”, “To`ylar muborak”.
2. Savol: Urushning eng so`nggi qurboni kim?
VII.Qulupnay
1. Javob: Umri xola.
2. Savol: Xadichaning turmush o`rtog`I kim?
VIII.Qulupnay
1. Javob: Shoikrom.
2. Savol: Shone`matga tayib (tabib) nima da`v bo`lishini aytadi?
IX.Qulupnay
1. Javob: Qo`y suti.
2. Savol: Umri xolani qaysi mevani teraman debt ok urib qoldi?
X.Qulupnay
1. Javob: Qulupnay.
2. Savol: Umri xolaning nogiron o`g`li?
XI.Qulupnay
1. Javob: Shone`mat.
2. Savol: Umri xolaning o`limiga kim aybdor?
Mana shu kabi savollarga tez, to`g`ri va aniq javob bergan o`quvchilarga “rag`bat” kartoshkasi beriladi. Eng oxirgi savolning javobi barcha o`quvchilarga havola qilinib, oxirida o`qituvchining o`zi xulosalaydi. So`ngra ko`p ball olgan o`quvchi o`zi tayyorlagan dastur bo`yicha sinfdoshlarini boshqarish huquqini qo`lga kiritadi va ustoz ko`magida dars o`ta boshlaydi.
U O`tkir Hoshimovning “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi sinfdoshlari tomonidan qay darajada o`zlashtirilganligini tekshirish uchun “Panorama” treningini o`tkazadi. Sinf o`quvchilari 4 guruhga ajratiladi va har bir guruhga plakat, plamaster va qog`oz tarqatiladi. Har bir guruh plakatning o`ng tomoniga o`z guruhi nomini va chap tomoniga belgi qo`yadi. Yozuvchi va uning asarlari yuzasidan quyidagi mavzular to`plami tarqatiladi:
1. O`tkir Hoshimovning hayoti?
2. O`tkir Hoshimovning ijodiy faoliyati?
3.”Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi haqida nimalar bilasiz?
4. Sizningcha Umri xolaning o`limiga kim aybdor?
5. O`tkir Hoshimov qanday davlat mukofoti yoki unvonlariga sazovor bo`lgan?
O`quvchilar o`z guruhi bilan o`zlari xohlagan mavzuni tanlab shu yuzasidan ma`lumotlarni plakatga yozadi. Keyin plakatlar almashinib, shu holat yana takrorlanadi. Plakat o`z egasiga yetib kelgach barcha guruhlar o`qituvchi yordamida fikrlarga izoh berilib guruhlar o`rtasida bahs-munozara tashkil qilinadi. O`qituvchi bahsni samarali va mazmunli o`tishini ta`minlashi lozim. Ushbu hikoya o`quvchilarga qanday ta`sir qilganligini bilish maqsadida “Munozara” tashkil qilinadi. O`quvchilar 2 guruhga bo`linib oladilar: 1-“Tasdiq” 2-“Inkor” jamoalari o`qituvchi doskaga yozgan asar qahramonlarining 1-guruh ijobiy xususiyatlarini, 2-guruh salbiy tomoni haqida ma`lumotlarni misollar asosida tasdiqlaydi. O`qituvchi mavzu bo`yicha xulosa yasaydi: Ushbu hikoyadagi onaning o`limi barchamizni ko`nglimizga dahshat urug`ini sochdi. Umri xolaning o`limiga kim aybdor? Shone`matmi? Shoikrommi yoki kelini Xadichami? Bu borada kimnidir aybdor qilib ko’rsatish, albatta noto’g’ri, chunki urush sabab ko’plab insonlar aziyat chekgan. O’tkir Hoshimov ham to’g’ri xulosa chiqarishni o’quvchining o’ziga qoldiradi. Aziz o’quvchilar! Bugungi tinch va osoyishda, ozod va obod yurtimizning, hayotimizning qadriga yetishimiz lozim. Ushbu hikoya bizni ota onaga, yaqin qarindoshlarga mehribon bo’lishga undaydi.
(Savol-javob tugaganidan so`ng yozuvchi hayoti, ijodi va asar haqida slayd qo`yib beriladi).
Dars yakuni:So’ngra o’qituvchi o’quvchilarni baholaydi. Eng ko’p ball yig’gan o’quvchi g’olib deb topiladi. Unga dars boshqarayotgan o’quvchi o’zining sovg’asini topshirishi mumkin. So’ngra sinfning shioriga aylangan quyidagi to’rtlik orqali dars yakunlanadi:
Yurakda olov bor, ajdodlar yoqqan,
Shu olov yurakda chaqmoqday chaqqan.
Har lahza bizlarga umidla boqqan,
Yurtboshim so’zini unutmaymiz biz,
Hech qachon, hech kimdan kam bo’lmaymiz biz!
O`qituvchi: Mamlakatimizga munosib farzand bo’lib, hizmat qilish barchangizga nasib qilsin.
Uyga vazifa:Asardagi sujet chiziqlarini sharhlab, ushbu hikoya yuzasidan rasm chizib, “Tinchlik qadri”mavzusida insho yozish.
Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish