“T A S D I Q L A Y M A N”
31-sonli boshlang'ich ta'lim maktabi
direktori _________ J.Bo’ronova
07 iyul 2021 yil
Mirzaobod tuman 31-sonli maktab direktor huzuridagi yig‘ilishi
№ 9-sonli bayoni
07 iyul 2021 y. Yo’ldoshobod MFY.
Raislik qiluvchi: maktab direktori J.Bo’ronova.
Ishtirok etdilar: Maktabning barcha xodimlari.
Kun tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror farmoyishlari to‘g‘risida.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 16-iyun 2021-yildagi PQ-5143-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “NTT davlat tomonidan qo'llab quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi 25-iyun 2021-yildagi PQ-5161-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash to‘g‘risida”gi 3-iyun 2021-yildagi VMQ-339-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-iyun 2021-yildagi VMQ-359-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin
.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi huzuridagi Fizkal instituti va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 17-iyun 2021-yildagi VMQ-378-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin .
.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib bir qator fikr va muloxazalar bildirildi. Yig‘ilishda maktab direktori T.Mansurov so‘zga chiqib barcha maktab hodimlariga ijro nazoratini o‘z muddatida bajarilishini ta’kidlab o‘tdi va iyun oyida ijrosini kechiktirgan xat va buyruqlar uchun mas’ul xodimlarni qat’iy ogohlantirdi.
2021-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari bo‘yicha jami 5 ta xatlar kelib tushgan. Ular mas’ul xodimlar hamda ta’lim muassasasi ijroga mas’uliga qog‘oz va elektron variantda etkazilgan va ularning ijrosi ta’minlangan.
Ularni ijrosi to‘liq ta’minlandi va tuman xalq ta’limi boshqarmasiga ijrosi haqida to‘liq axborot berildi. Kun tartibidagi masalalar, bildirilgan fikr va muloxazalardan kelib chiqib yig‘ilish
Q A R O R Q I L A D I
Yuqorida nomi keltirilgan qarorlar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora tadbirlar belgilansin.
3. Ijro intizomi bo‘yicha oylik hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirilgan shakllarda Xalq ta’limi bo‘limiga topshirilishini ta’minlansin.
4. Ijro intizomi va kelib tushgan hujjatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul etib tayinlangan xodimlar mas’uliyatini oshirish hamda hisobotlarni o‘z vaqtida belgilangan shakllarda topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berish vazifalari yuklatilsin.
5 .Ijrosi kechikkan xat va buyruqlar uchun mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilsin va 3 kun muddatda qarzdorlikda belgilangan xat va buyruqlar ijrosi ta’minlansin.
6. Ushbu yig‘ilish qarori ijrosini bajarilishini nazorat qilish o'z zimmamda qoldirilsin.
Bayonnoma tuzuvchi: A.Shakarov
Do'stlaringiz bilan baham: |