21.7. Sistemaga bo`lgan talablar
O`rnatilayotgan dasturning sistema resurslariga qo`yishii mumkin bo`lgan talablar Define Setup Requirements and Actions buyruqlar guruhi yordamida belgilanadi.
Requirements buyrug’i tanlash 22.16-rasmdagi jadvalni ochadi. Unda sistemaning asosiy xarakteristikalarini bildiruvchi parametrlari ko`rsatiladi: operatsion sistema versiyasi (OS Version), protsessor tipi (Processor), operativ xotira xajmi (RAM), ekranning nuqtalar sig’imi (Screen Resolution) hamda ranglar palitrasi (Color Depth). Parametrlarning qiymatlari ro`yxatdan tanlanadi.
22.16-rasm. Sistemani xarakterlovchi parametrlar.
Agar dastur sistema konfiguratsiyasiga ortiqcha talablar qo`ymasa, Define Setup Requirements and Actions buyruqlar guruhini o`zgarishsiz qoldirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |