12.8. Bitli tasvirlardan foydalanish
Bitli tasvirni boshqa tasvir fonida (ustida) xarakati (masalan, shahar ustidan uchib o`tayotgan samolyot) tasvirini yasashga urinib ko`ramiz.
Tasvirning xarakat effekti avvalgi pozitsiyasiga nisbatan davriy ravishda tasvirni boshqa pozitsiyadan qayta chizish tarzida ifodalanadi. Bunda, rasmni har gal qayta chizishdan oldin avvalgi holatini o`chirish lozim bo`ladi. Bu masala fon-rasmning xarakatlanayotgan rasm bilan to`silgan qismini qayta chizish orqali hal qilinadi.
Rasmlar Image komponentasining Canvas hususiyatiga Draw metodini qo`llagan xolda sohga chiqariladi. O`chirish esa nusxa olish usuli (copyRect metodi) bilan buferdan kerakli fonni Image komponentasi sirtiga chiqarish bilan hal qilinadi (11.18-rasm, 11.9-listing).
Do'stlaringiz bilan baham: |