Mirmuhsinning hayoti va ijodi Oʻzbek sheʼriyati va nasrining koʻzga koʻringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning qadimiy Saqichmon mahallasida kulol oilasida dunyoga keldi. - Oʻzbek sheʼriyati va nasrining koʻzga koʻringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning qadimiy Saqichmon mahallasida kulol oilasida dunyoga keldi.
- Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent tramvay trestida chiqadigan koʻp tirajli gazeta muharrirligidan boshladi. Keyin Oʻzbekiston radiokomitetiga ishga oʻtib, Toshkent Davlat pedagogika instituti aspiranturasida ham oʻqidi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi sifatida ish boshladi, keyin masʼul kotib etib saylandi. “Sharq yulduzi”, “Mushtum”, “Guliston” jurnallarida bosh muharrir, hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida boʻlim mudiri vazifalarida ishladi.
Adibning ijodiy faoliyati 30-yillarda boshlanib, “Ispan yigitiga” degan birinchi sheʼri “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” jurnalida, “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalari” nomli hikoyalari esa “Yosh kuch” jurnalida (1936) bosilib chiqdi. Birinchi yirik asari – “Qamar” dostoni “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” jurnalida (1939) eʼlon qilindi. - Adibning ijodiy faoliyati 30-yillarda boshlanib, “Ispan yigitiga” degan birinchi sheʼri “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” jurnalida, “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalari” nomli hikoyalari esa “Yosh kuch” jurnalida (1936) bosilib chiqdi. Birinchi yirik asari – “Qamar” dostoni “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” jurnalida (1939) eʼlon qilindi.
- Shundan soʻng “Er yurak” nomli hikoyalar toʻplami (1942), “Vafo” nomli sheʼriy majmuasi (1945) chop etildi.
- Mirmuhsin birin-ketin “Usta Gʻiyos”, “Doʻnan” (1947), “Yashil qishloq”, “Qadrdonlar” (1954), “Abdulla Nabiyev”, “Shiroq” va “Nevara” (1970) kabi dostonlar, “Ziyod va Adiba” nomli sheʼriy roman (1958), “Dorbozlar” (1956), “Jamila” (1957), “Oq marmar” (1958), “Hikoyalar” “Choʻri” (1959), “Qizil durralar”, “Tungi chaqmoqlar” (1961), “Sozanda” (1963) kabi sheʼriy, nasriy kitoblarini nashr ettirdi.
Mirmuhsin romannavis sifatida ham samarali ijod qildi. “Meʼmor” (1974), “Temur Malik”, “Turon malikasi” (1997) kabi tarixiy, “Umid” (1969), “Chiniqish” (1970), “Degrez oʻgʻli” (1972), “Chotqol yoʻlbarsi”, “Ildizlar va yaproqlar”, “Ilon oʻchi” (1995) nomli zamonaviy mavzudagi romanlari adabiy jamoatchilik hamda kitobxonlar eʼtiborini qozondi. Ayniqsa, “Umid” romani oʻz davrida qizgʻin bahsu munozaralarga sabab boʻldi. Adibga mazkur asari uchun Respublika davlat mukofoti berildi. - Mirmuhsin romannavis sifatida ham samarali ijod qildi. “Meʼmor” (1974), “Temur Malik”, “Turon malikasi” (1997) kabi tarixiy, “Umid” (1969), “Chiniqish” (1970), “Degrez oʻgʻli” (1972), “Chotqol yoʻlbarsi”, “Ildizlar va yaproqlar”, “Ilon oʻchi” (1995) nomli zamonaviy mavzudagi romanlari adabiy jamoatchilik hamda kitobxonlar eʼtiborini qozondi. Ayniqsa, “Umid” romani oʻz davrida qizgʻin bahsu munozaralarga sabab boʻldi. Adibga mazkur asari uchun Respublika davlat mukofoti berildi.
Yozuvchining bir qancha asarlari rus, ukrain, qozoq, ingliz, qirgʻiz, arab tillariga tarjima qilindi. - Yozuvchining bir qancha asarlari rus, ukrain, qozoq, ingliz, qirgʻiz, arab tillariga tarjima qilindi.
- Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin Mustaqillik yillarida “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi…
Do'stlaringiz bilan baham: |