39
635.Shoirning qaysi she’rida uning mazlum xalqqa
achinishi, mashaqqatli hayotidan cheksiz afsuslanish
sezilib turadi? Fidoyi xalqim
636.Shoir qaysi she’rida “Umidim yashisin maktab
bolasi” deb yozadi? Fidoyi xalqim
637.”Biling ushbu zamon g’amnokidruman” misrasi
bilan boshlanuvhci she’rining janri? To’rtlik
ABAY
638.Abayning asil ismi nima? Ibrohim
639.U qachon va qayerda tug’ilgan? 1845-yil 10-
avgustda Qozog’istonning Yettisuv viloyati Chingiztog’
tumanida chorvador boy xonadonida
640.U qayerda o’qigan? Yettisuvdagi Ahmad Rizo
madrasasida keyin rus maktabiga qatnab rus tilini
o’rganadi
641.Qaysi sharq allomalari ijodidan bahramand
bo’lgan? Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy
642.U nechta o’langa kuy bastalagan? 17ta
643.Abay o’z she’rlarida tarqoq qozoq xalqini qanday
bo’lishga undagan? Birlashishga, ilmli va ma’rifatli
bo’lishga
644.Abayning qaysi she’rlarida ilg’or millatlardan
o’rnak olib qoloqlikdan chiqish, chidam va mashaqqat
bilan ilm-fanni egallashga da’vat sezilib turadi?
“Sho’rlik qozig’im”, “Boy bolasi bilan kambag’al bolasi”,
“Ilm o’rgan”, “O’lan”
645.Uning qanday dostonlari bor? “Iskandar”,
“Mas’ud”, “Azim rivoyati”
646.Uning asarlarini qaysi shoirlarimiz tarjima qilgan?
Mirtemir va Uyg’un
647.Abay ijodining salmoqli qismini qaysi asar tashkil
qiladi? “Naqliya so’zlar
648.Ushbu asar nechta bo’limdan iborat? 44
649.Asar o’zbek tilida qanday nom bilan mashhur?
“Nasihatlar”
650.”Nasihatlar kitobini kim o’zbekchaga tarjima
qilgan? Nosir Fozilov
651.”Nasihatlar kitobida nechanchi so’z yalqovkishi-
qo’rqoq va g’ayratsiz bo’lishi aytilgan? 3-so’zi
652.Qo’rqoq va g’ayratsiz kishi qanday bo’ladi?
Maqtanchoq
653.Maqtanchoq kishi qanday bo’ladi? Aqlsiz, nodon
654.Aqlsiz, nodon kishi qanday bo’ladi? Orsiz
655.Orsiz kishilar-chi? Yalqov, kishi oldida tilanchi,
ochko’z, suq bo’ladi
656.Qanday kishilar birovga do’st bo’lmaydi? Bunday
hunarsiz kishilar
657.Nechanchi so’zida bola onadan ikki odat bilan
tug’ilishi aytilgan? 7-so’z
658.Bu ikki odat qaysilar? 1. Yesam, ichsam, uxlasam
demoqlik. 2.ko’rsam, bilsam, demoqlik
659.Qanday kishilarni hayvondan farqi yo’q deb
aytgan? Dunyodagi mavjud hodisalarning sirini hech
bo’lmasa yuzakiroq ham bilmagan kishi
660.17-so’zda nimalar o’zaro bahslashib qolishadi?
G’ayrat, aql, yurak
661.O’rinsiz, bo’lar-bo’lmas ishlarga ko’ngil qo’ymay,
insonni
sof
saqlaydigan,
uni
gunohkorlikdan,
johillikdan, shaytonning gapiga kirib, nafs balosiga
giriftor
bo’lishlikdan
saqlaydigan,
adashgan
bandalarni to’g’ri yo’lga solib yuradigan ham-men” deb
nimaga aytadi? G’ayrat
662. Na bu dunyoda na udunyoda nimaiki foydali,
nimaiki zararli bo’lsa-biladigan bir menman deb qaysi
bir aytgan? Aql
663.Issiq uyda yumshoq to’shakda yotgan to’q bir
odamni, och-yalong’och, to’shaksiz sovqotib yurgan
kambag’alni holi nima kechdi ekan deb o’ylantirib, u
yonidan bu yoniga ag’anatadigan, uyqusini qochirib,
jonini achitadigan ham-men deb qaysi biri aytadi?
Yurak
664.Ilm kimning tarafini oladi? Yurak
665.”Odamgarchilik
kishining
qalbida
bo’ladi.
Qalbingni pok saqla” deb kim qaysi asarida aytgan?
Abay
666.31-so’zda eshitgan narsani unutmaslikning nechta
sharti borligi haqida aytilgan va ular qaysilar? 4ta:
zehnli bo’lmoq; bir narsani ko’rganda yo eshitganda
unga chin yurakdan ixlos qo’yish, fahm-farosat bilan
uqib olish; eshitganlarni bir necha marta takrorlab,
ko’ngilga jo qilmoq; ko’ngilga boshqa narsalarni
mutlaqo keltirmaslik.
667.Nimalar aql va ilmga putur yetkazadi? Beparvolik,
beg’amlik, o’yin-kulgi, ixlos qo’ymaslik
668.32-so’z nima haqida? Ilm o’rganishning shartlari
Do'stlaringiz bilan baham: