37
559.A.Navoiyning “Mahbub ulqulub” asari necha
qismga bo’linadi? 3ta: har xil odamlarning fe’l-atvori va
ahvoli haqida; yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat
kasofati; turli foydali kuzatishlar
MUHAMMAD SHARIF GULXANIY
560.Gulxaniy qachon va qayerda yashagan? XVIII asr
oxiri XIXasrning 20-yillarida Qo’qonda
561. Nima uchun Gulxaniy taxallusini qo’llagan?
Jo’shqin fe’lligi va olovqalbligi uchun
562.Keyinchalik she’rlarida qanday taxallus qo’llagan?
Jur’at
563.Undan qanday asrlar bizgacha yetib kelgan?
O’zbek va tojik tillaridagi 12 g’azali, Qo’qon xoni Amir
Umarxonga bag’ishlagan bitta qasidasi va “Zarbulmasal”
asari
564.Uning hayoti qayerlarda kechgan? Qo’qon va
Namanganda
565.U tirikchilik vajidan qanday ishlarni bajargan?
Hammomda o’t yoquvchi bo’lgan, Amir Umarxon
navkarlari safida xizmat qilgan.
566.Gulxaniyning qaysi g’azalida lirik qahramonning
ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan?
“Barmog’im”, “Ey to’ti”, “Lola ko’ksidek bag’rim”
567.Uning qaysi g’azalida o’zining navkarlik davridagi
og’ir hayoti tasvirlangan? “Bideh”
568.Qaysi g’azalida katta ijtimoiy mansablarni-o’z
davri harbiy tartibi, rasm-rusumlari, navkarlar
hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan? “Bideh”
569.G’azalning lirik qahramon obrazi qanday darajaga
ko’tarilgan? Umumlashma obraz
570.”Zarbulmasal” asari qanday yo’nalishda yozilgan?
Tanqidiy hajviy
571.Qaysi asar “Qizim senga aytaman, kelin sen eshit”
qabilida qushlar misolida o’z davri voqeligi
manzaralarini tasvirlagan? “Zarbulmasal”
572.Asarda Buxoro qanday tasvirlanadi? Vayronalarga
boy muzofot
573.Boyo’g’li, Yapoloqqush, Ko’rqush, Klonkir sulton
kabi qushlar kimlarning ramzi? Yomon amaldorlar
574.Qaysi qush tilidan podshohga 3 toifadagi kishilar
zarurligi aytilgan? Ko’rqush
575. 3 toifani sanang.
1.Ilmga amal qiladigan olim 2.Aql-u tadbir egasi bo’lgan
vazir 3.Haqiqatni yozadigan kotib
576. ”Zarbulmasal qanday ma’noni anglatadi? Arabcha
zarb va masal so’zlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan
bo’lib masallar yig’indisi degan ma’noni anglatadi.
577.Zarbulmasal yana qanday ma’noni anglatadi?
So’zga maqol qo’shib gapirish, o’xshashi va dalilini
keltirish
578.Zarbulmasal bo’lish nima degani? El og’ziga
tushish, afsona bo’lish, mashhur bo’lish
579.”Zarbulmasalda nechta maqol bor? 400ga yaqin
580.Qancha masal va hikoyat mavjud? 15dan ortiq
581.Gulxaniy
bu
asarida
kimning
asarlaridan
foydalangan? Hind eposi “Kalila va Dimna”, A.Jomiyning
“Silsilat uz zahob” S.Sheroziy, H.Sheroziy, Alisher
Navoiy
582.”Zarbulmasal xalq orasida qanday nom bilan
mashhur? “Yapoloqqush hikoyasi”
583.Qaysi masal orqali qo’lidan kelmaydigan ishga
uringan kishi sharmanda bo’ladi degan fikr ilgari
surilgan? “Maymun bilan najjor”
584.Qaysi masalda do’st tanlashda adashmaslik
kerakligiga e’tibor qaratiladi? “Chayon va toshbaqa”
586. ”Tuya bilan bo’taloq” masalida nima ko’rsatiladi?
Erki o’z qo’lida bo’lmagan odam
587.”Kabutar bilan zog’”masalidan qanday xulosa
chiqadi? Har kim o’ziga munosib joyda yashsashi kerak
588.Hakimi hoziq kim? Bilimdon tabib
589.Maymun qayerda yashar edi? Hindistonning
Kashmir viloyati atrofidagi tog’da
590.Daraxtni kesmoqchi bo’lgan maymunning ahvoli
qandaykechadi?
Dumini
daraxt
qisib
qoladi,
qochmoqchi bo’lganida dumining bir qismi daractda
qolib ketadi
591.”Ustoz
ko’rmagan
shogird
har
maqomga
yo’rg’alar” maqoli qaysi masalga to’g’ri keladi?
“Maymun va najjor”
592.”Maymun bilan najjor “ masalida doston
qahramonlaridan kimlarning nomi tilga olingan?
Farhod va Shirin
593.Duradgor uchun tog’ nimaga o’xshar edi? Xisrav
dehlaviy kitobiga
Do'stlaringiz bilan baham: