|
|
bet | 56/80 | Sana | 26.05.2022 | Hajmi | 452,6 Kb. | | #609955 |
| Bog'liq 5-6-7-8-SINF ADABIYOT SAVOLNOMA
ASQAD MUXTOR
Asqad Muxtor kim sifatida o’zbek adabiyotida yorqin iz qoldirgan? Shoir, dramaturg, tarjimon, jurnalist va jonkuyar tashkilotchi
124.Ularning oilasi asli qayerdan kelgan? Tatariston 125.Asqad Muxtor 12 bolaning nechanchisi edi? 3
126.U qaysi jurnallarda bosh muharrir bo’lib ishlagan? “Sharq yulduzi”, “Guliston”
Qaysi gazetada rahbarlik qiladi? “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”
Qaysi asari orqali ijodkorlar nazariga tushadi? “Po’lat quyuvchi” poemasi
Shoir nazmini o’z davrida qanday baholashgan edi? Falsafiy xarakterdagi she’riyat
Asqad Muxtorning 1950-yilda yozgan birinchi qissasi qaysi? “Daryolar tutashgan joyda”
Qaysi asari o’sha paytdagi adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tiborini qozondi? “Opa-singillar “ romani
A sqad Muxtorning asarlari jahonning qaysi tillariga tarjima qilindi? Rus, hind urdu, vyetnam, xitoy, rumin, ingliz
Sofokilning qaysi asarini o’zbekchaga tarjima qilgan? “Shoh Edip”
Kimlarning tragediyalarini o’zbek tiliga o’girgan? Shekspir, Shiller
”Yulduzim” she’rida bola qayerda yulduz sanab yotar edi? Polizkapada
Qaysi cho’l nomi keltirlgan? Jizzax
Shoir mo’jizaga yo’yilgan yulduz parchasini nima deb ta’riflaydi? “Bola baxtim”
”Yo’l” she’rida nimani yo’l azobiga qiyoslagan? Ijod dardi
Q aysi she’rida oppoq choyshabda jahonning umidi jilmayib yotishini tasvirlagan? “Tug’ilish”
”Tug’ilish” she’rida qaysi oy nomi keltirilgan? Iyul
Bu she’rida nimaning eshikma-eshik suyunchi so’rab yurishi tasvirlangan? Yashil shabada
”Bir tup o’rik “ she’rida nima o’rikka do’st tutinadi” Soya
Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo’lib, ma’lum bir tartibga solingan ritmik nutq nima deyiladi? She’r
Adabiyotshunoslik ilmida nutqning qolipga, o’lchamga solinishi nima deyiladi? Vazn yoki she’riy tizim
She’ry tizimlar nimasi bilan bir-biridan far qqiladi? Qolipga solingan nutqqa nimaning asos sifatida olinishiga qarab
Barmoqda necha xil vazn bor? 2 xil: sodda va qo’shma
Sodda vazn qanday bo’ladi? Sher’ning boshidan oxirigacha misralardagi bo’g’inlar miqdori bir xil bo’ladi
Misralardagi bo’g’inlar soni 2-3xil bo’lsa qanday vazn hisoblanadi? Qo’shma vazn
Alisherga alla aytib uxlatgan Sen-ona Og’ushida Bobur kamolgan yetagn Sen-ona. Bu she’r kimniki va qaysi vaznda yozilgan? Mirtemir, qo’shma vaznda
”Majnuntol” she’rining mullifi kim? Erkin Vohidov
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo’g’inlarning muayyan guruhlarga bo’linishi nima deyiladi? Turoq
Pauza nima? She’rdagi turoqlar, misralar yoki, bandlar orasidagi to’xtalish
Turoq va misralar orasidagi qisqa to’xtalish nima deyiladi? Kichik pauza
Katta pauza deb qanday pauzaga aytiladi? Bandalar orasidagi katta to’xtalish
Asqad Muxtorning She’riy to’plamlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|