Mirdavlatova Munisa parkent tumani


Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Tahrirlash



Download 4,15 Mb.
bet2/2
Sana06.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#323404
1   2
Bog'liq
Irlandiya

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Tahrirlash

Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 yil tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 yil asos solingan; Irlandiya leyboristlar partiyasi, 1912 yil tuzilgan. Irlandiya kommunistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1985 yil tuzilgan; Irlandiya ishchilar partiyasi, 1970 yil asos solingan. Irlandiya tred-yunionlar kongressi (1894) Irlandiya va Shimoliy Irlandiyaning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.



Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, janubiy qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Janubi-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiyadagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.

Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.

Irlandiya — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-yillargacha Irlandiya iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli Irlandiya oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.

Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi.

Chorvachilik — mamlakat qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Qishloq xoʻjaligi ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Irlandiyada oz miqdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.

Irlandiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 yillik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 yillik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin universiteti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik shahridagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), Irlandiya qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).

Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-asrda yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-asr), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-asrlarda) paydo boʻlgan. 12-asrda bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.



16—18-asrlar Irlandiya dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish