Miraziz azamning bolalar uchun yozgan asarlari reja miraziz A’zamning hayot va ijodi



Download 67 Kb.
bet2/3
Sana02.07.2022
Hajmi67 Kb.
#732423
1   2   3
Bog'liq
MIRAZIZ AZAMNING BOLALAR UCHUN YOZGAN ASARLARI

SHE’RLAR


MEROS
Otam ketganiga uch bola edik,
onam 24 yoshida qoldi,
shubhasiz,
qprovsiz qizini,
bobom o’z yoniga oldi.
Hovlini 20 ming sotgan yilimiz
o’lkada ayirbosh bo’ldi pulimiz,
ikki ming so’mni ham qarz olib bir odam
qaytib berolmasdan o’tdi olamdan,
shunday qilib,otamdan,
meros bizga faqat
qoraxat.
YASHAGIM KELADI
Men birinchi yomg’ir bo’lib yog’gim keladi
O’zbekiston yerlariga.
Men keksa chinorlarning salobati bo’lib,
qayrag’ochning metinligi bo’lib
yashagim keladi O’zbekistonda.
Men tog’larimiz tepasida soylarimizning guvullashin
yurak hovuchlab eshitganman.
Soylarimizning ovozi bo’lib qolgim keladi
O’zbekiston daralarida.
Men azim yong’oqlardan yong’oq bo’lib sochilgim keladi,
tutlardan tut bo’lib,
noklardan nok bo’lib,
olmalardan olma bo’lib,
tars yorilib,
sharbat bo’lib
to’kilgim keladi O’zbekiston yerlariga.
Bolalarning ko’zlarida quvonch bo’lib
chopib yurgim keladi yana
O’zbekiston yerlarida.
O’zbekiston paxtasining oqligida, yumshoqligida,
Salohiyatida, saxovatida
yashagim keladi.
* * *
Allakim «Ushshoq»ni kuylaydi nafis,
Kim «Cho’li iroq»ni chaladi nayda.
Allakim childirma chertadi tekis,
So’ng birov kuylaydi: «…qaydasan, qayda…»
Olib ketmoqdalar ko’zi ohuni,
Mening sevgilimni uzatmoqdalar.
Yuragim isyonda va lekin uni
Men sevgan qo’shiqlar kuzatmoqdalar.
* * *
Yoshlik bir asrday tuyular yoshlikda:
yoshlik osmonining tubi yo’kday,
yoshlik ufqi ufqsizday,
go’zallik abadiyday
va olamning taqdiri
qo’ldan hech qachon ketmaydiganday…
Odam qadriga yetmaydi vaqtning yoshlikda…
So’ng shoshilish, so’ng afsus
va qulash holbuki…
BOR
Hali ro’y bermagan jasoratlar bor.
V. Zatuliviter
Hali yuz ochmagan ming xil chechak bor,
hali bor oldinda gul fasli – bahor.
Oldinda serquyosh kun bor ulug’vor,
hali yuz ochmagan ming xil chechak bor.
Hali tug’ilmagan toylar bor qator,
hali ko’z ochmagan sherlar bor yoldor.
Hali uyg’onmagan qaldirg’ochlar bor,
hali tug’ilmagan toylar bor qator.
Hali bolalar bor, hali qizlar bor,
Barchinoy bo’lajak shirmon yuzlar bor.
Belin bog’lamagan sher yigitlar bor,
hali bolalar bor, hali qizlar bor.
Navbat kutar kunlar qattiq so’roqli,
hali savollar bor og’ir, salmoqli,
javobin topolmas kimdir yaroqli,
navbat kutar kunlar qattiq so’roqli.
Haqsizlik muqarrar topgusi zavol,
Chinakam hamdo’stlik bo’lur barqaror,
Ozodlik yer uzra topajak kamol,
hali ro’y bermagan jasoratlar bor.
EGILGAN BO’YINLAR
«Egilgan bo’yinni kesmaydi qilich…»
Egilgan bo’yinni kesmasa qilich,
qilichlik nomini o’chirmoq kerak,
Egilgan bo’yinni kesmasa qilich.
Egilgan bo’yinlar egilib yashar,
egilgan bo’yinlar qilar har ishni.
Yashasa bo’lgani egik bo’yinlar,
yuz yillar orqaga surib turmushni…
Egilgan bo’yinni qilich kesmas,
deb yashamoq kerakmi bo’yinni egib?
Do’stlarim, do’stlarim, qo’shilmangiz hech,
bo’yinlar tik bo’lsin, kessa ham qilich…
* * *
Men qoya ekanman, sen esa daryo,
Menga bir urilding, ketding ilgari.
Seni deb balki men qilganman xato,
Balki ilk sevganlar adashsa bari.
Har holda, muhabbat mo’yqalam ekan:
Qalbimga siymongni naqashband etdi.
Shirin bir orzumni mag’lub etsa ham,
Haqiqiy hayotdan dars berib ketdi.
* * *
Tunlarim uzun-uzun, Tunlarim muncha uzun?
Uzunligi dastidan Toliqib ketdi ko’zim.
Tunlarim uzun-uzun, Tunlarim muncha uzun?
Shunda ham qancha do’stim Tanib olmadi o’zin.
Tunlarim uzun-uzun, Tunlarim muncha uzun?
Murosa qilolmadim Yuragim bilan o’zim.
ARMON
Shuhrat Abdurashidovga
Bir narsalar yozgim keladi,
bir narsalar qalbingga munosib,
qalbimni idora qilolmayman,
hayajonim,tuyg’ularim bosib.
Sen bizni tashlading ketding,
ne-ne mo’ljal qoldi havoda.
Seni hech qachon topolmasmiz,
dunyoni kezsak ham piyoda.
Qani sening uzrli tabassuming,
lablaringga qo’ngan ochunlar?
Tunlari go’zal qo’l darchamni taqillatmas,
tun bo’lib o’taverar endi tunlar…
Betinch yurak sohibi,qo’lingni uzat,
do’stsiz ishlolmasdan boshim quyi.
Bir umrlik motam nima angladim,
huvillab yotibdi ko’nglimning uyi.
Faqat bir tasallo: tasvirlaring
dunyomiz turarkan — turarlar.
Yaxshilik va adolat nurini
ko’zlardan yuraklarga urarlar.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish