Hoshiya sharxi Muhammad al-Hanafiy bar odobi azoda ad-din. Hajmi 20 (1b – 20a), sharhlovshi Abu al-Fath Abu Nasr Said, arab tilida, asar mantiq ilmiga bag’ishlangan.
7253/2. Asar nomi: Risola shamsiya. Hajmi 94 ( 21b – 114b), muallifi Mavlono Muhammad bin Naimatulloh, tili arab, mantiq ilmiga bag’ishlangan.
7253/6. Asar nomi: Hoshiya. Hajmi 11 (153a – 163a), muallifi noma’lum , tili arab, asar mantiq ilmiga bag’ishlangan.
Shu o’rinda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, madrasadagi bosqichlar masalasi, bosqichlarga bo’linish, madrasada qaysi davrdan boshlab va aniq bosqichlarga qarab qanday darsliklar o’tilganligi haqida aniq ma’lumotlarni uchratish qiyin. Lekin shunisi ma’lumki, qorahoniylar davrida ta’limdagi bosqichlar talabalarning muayyan kitoblarini o’zlashtirish orqali talabaning darajasi belgilab borilgan. Biz quyida talabalarning muayyan darajaga yetgandan so’ng quyidagi murakkab asarlar ham o’zlashtirilgan.
Madrasaning yuqori bosqichida quyidagi asarlar chuqur o‘rgatilgan.
Tafsir ilmiga oid
«Ta’vilotu ahlis-Sunna» yoki «Ta’vilotul-Qur’on». Sakkiz mujalladdan iborat bu asar Qur’oni karimning tafsiri bo‘lib, unda asosan, islomiy aqidaga nisbatan turli qarashlar bayon etilib, moturidiya aqidasi asosida ularga baho berilgan. Tafsirni al-Moturidiyning shoh asari deb atash mumkin. Uning qo‘lyozma nusxalari Misr, Makka, Damashq, Hindiston, Turkiya va Toshkent kutubxonalarida saqlanmoqda. Toshkent nusxalari taqriban 700 yil burun ko‘chirilgan. Asarning birinchi jildi Misrda nashr etilgan. Ushbu asar madrasalarda asosiy darslik sifatida o‘rganilib kelingan.
Hadis ilmiga oid
“Al-Jomi as-sahih” – Imom al Buxoriyning shoh asari bo‘lib islom olamida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to‘lig‘icha “Al-Jomi as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh – salollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi”4 deb nomlangan bo‘lsa-da, hadis ilmida qisqacha “al-Jomi as-sahih” “ishonchli to‘plam”, aksar holda esa “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. Bu asar madrasalarda asosiy darslik sifatida o‘rganilgan.
“Al-Adab al mufrat” (adab durdonalari) - Imom al Buxoriyning odob ahloq haqidagi eng sahih hadislarni o‘z ichiga olgan bu asari katta ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. Bu asarni maktab va madrasalarda o‘rganishga alohida ahamiyat berilgan.
“Al – Jomi” asarida imom at-Termiziy hadis ilmining turli masalalariga katta ahamiyat berganligiga ko‘p olimlar yuksak baho berib, g‘oyatda qadrlanganligini yuqorida ko‘rib o‘tdik.
Shu narsani alohida qayd qilish zarurki, imom at-Termiziyning ushbu asarida hadis ilnining turli masalalari kabi roviylar masalasiga ham alohida e’tibor berilgan. Bu jihatdan muallifning ushbu asar boshqa asarlaridan tubdan ajralib turadi va bu hol katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molikdir.
Fiqh va kalom ilmiga oid
Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh boyicha asosiy asari "Bidoyat ul-mubtadi" ("Boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029 yil vafot etgan) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil vafot etgan) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg‘inoniy ning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi 8 jildli sharh — "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "Hidoya" — "To‘g‘ri yo‘l")ni yaratadi (1178)5.
Abu Mansur Motrudiyning quydagi asarlari madrasalarda darslik va qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
1. «Kitobut-tavhid». Kalom ilmiga oid eng muhim asar. Moturidiya aqidasiga oid barcha asarlarning eng birinchi va asosiy manbasi sanaladi. Unda kalom ilmiga oid asosiy ko‘rsatmalar bitilgan. Asar hozirda o‘zbek tiliga o‘girilmoqda.
2. «Sharhul-fiqhil akbar». Abu Hanifa an-No‘mon (Imom A’zam) qalamiga mansub aqida bobida bitilgan ilk asar «Al-Fiqhul-akbar»ning sharhi. Ba’zi olimlar bu sharh Shayx Moturidiyga tegishli emas, balki u Abul-Lays as-Samarqandiyga mansub deydilar. Muhimi bu asar madrasalarda fiqh ilmini o‘rganishda asosiy manbalardan biri hisoblangan.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro madrasalarida asosan hanafiy mazhabi va Motrudiya aqidasiga oid asarlar o‘rganilgan. Madrasalarda dunyoviy fanlarga ahamiyat unchalik yuqori bo‘lmagan, dunyoviy fanlar asosan maxsus madrasalar o‘rganilgan. Qolgan madrasalarda esa mustaqil o‘qish uchun qo‘llama sifatida foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |