Mavzu: Miqdoriy taxlil. Tasnifi. Miqdoriy
taxlilda xatoliklar. Miqdoriy tahlil natijalarini
riyoziyot usullarida ishlab chiqish. Tahlil
natijalarini ishonch chegarasini aniqlash
Analitik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi
Gaziyeva Aziza Sunnatovna
O‟ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
SOG‟LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
Reja:
1. Miqdoriy tahlilning maqsad va vazifalari.
2. Miqdoriy tahlil tamoillari va tasnifi.
3. Miqdoriy tahlilni bajarish shart-sharoitlari.
4. Miqdoriy taxlil xatoliklari va ularni yo„qotish choralari.
5. Taxlil natijalarini o„rtacha qiymatdan chetlanishlarini
hisobga olish
Miqdoriy tahlilning maqsad va vazifalari
•
Miqdoriy tahlil
– tahlil etiluvchi moddaning tarkibiga
kiruvchi kimyoviy element (birikmalar) yoki ular
shakllarining konsentratsiyasini (miqdorini) tajriba yo`li
bilan aniqlashdan iborat.
•
Miqdoriy tahlilning maqsadi
– moddani miqdoriy tarkibini
aniqlab, uni etalon (standart) namunaga muvofiqligini
isbotlashdan hamda kimyoviy-maxsulot, dori xom ashyosi, dori
vositalari va boshqa ashyolar tozaligini tavsiflashdan iborat.
•
Miqdoriy tahlilning vazifasi
– tahlilning mavjud usullarni
takomillashtirish va yanada tezkor va samarali usullarni ishlab
chiqishdan iborat.
•
Dori vositasini amalda qo„llanishi uning miqdoriy tarkibiga
bog„liq. Masalan, qonni suyultiruvchi osh tuzini 0,9% fiziologik
eritma konsentratsiyasini juda oz o„zgarishi ham bemorning
holatiga salbiy ta‟sir etadi. Kamfora – dori vositasi 178,4
0
C da
suyuqlanadi, suyuqlanish haroratini oz bo„lsada o„zgarishi uning
iflosligidan darak beradi.
Xulosa
: Miqdoriy tahlil modda va ashyolar sifatini belgilovchi,
miqdoriy tarkibni aniqlovchi asosiy vositadir.
•
Miqdoriy tahlil asoschisi – massalar saqlanish qonunini kashf
etgan M.V. Lomonosovdir, D.I. Mendeleev, Menshutkin,
Kurkonov, Alimarin, Xlopin va boshqa olimlarning ishlari
miqdoriy tahlil usullarini shakllanishi va takomillanishiga xizmat
qilgan.
Miqdoriy tahlil tamoillari va tasnifi.
O„rganadigan massa, xajm yoki fizik xossasiga ko„ra miqdoriy tahlilni 3 tamoili mavjud.
I.
Reaksiya maxsuloti miqdorini
(mahsulot massasi yoki ajralgan gazni hajmini)
o‘lchash
.
Ekvivalent qonuniga muvofiq, mahsulotning aniq massasiga ko„ra aniqlanuvchi modda miqdori
hisoblanadi (Gravimetrik usul).
II.
Reaksiyaga sarflangan reagent hajmini o‘lchash
. Aniqlanuvchi modda eritmasiga reagent
eritmasidan oz-ozdan, ekvivalent nuqta namoyon bo„lguncha, aralashtirib, qo„sha boriladi.
Reagent eritmasining konsentratsiyasi va sarflangan hajmini bilgan holda, ekvivalent qonuni
asosida, aniqlanuvchi moddaning miqdori xisoblanadi. (Hajmiy usul).
III.
Fizik xossalarni
o‘lchash.
Aniqlanuvchi modda yoki uning mahsulotini elektr
o„tkazuvchanligi, optik zichligi va boshqa fizik xossaning qiymati aniqlanayotgan moddaning
konsentratsiyasiga bog„liq.
•
Kimyoviy usul:
Gravimetriya
- tahlil etilayotgan namunadagi aniqlanuvchi
tarkibiy qismni turg`un holda ajratib olib, uning massasini aniq
tortishga asoslangan.
Titrimetriya
– aniqlanuvchi moddaga sarf bo`lgan reagent
hajmini o`lchashga asoslangan
•
Uskunaviy usul
Fizik usul
– moddaning fizik o`lchamlarini o`lchashga
asoslangan.
Fizik-kimyoviy usul
– kimyoviy reaksiya jarayonida moddaning
fizik o`lchamlarini o`lchashga asoslangan.
Kimyoviy usullar mumtoz usul hisoblanadi. Uskunaviy usullar
zamonaviy tahlil usullari bo`lib, uskunalarda bajariladi.
Miqdoriy tahlilni bajarish shart-sharoitlari
Miqdoriy tahlil natijalari aniq va to„g„ri bo„lishi uchun quyidagi
sharoitlar bajarilishi shart.
1.Moddaning sezgir analitik reaksiya yoki fizik xossasi tanlanadi.
2.Barcha analitik amallar to„g„ri bajarilishi lozim.
3. Tahlil natijalarini o„lchashning ishonchli usullari tanlanadi.
Miqdoriy tahlilda xatoliklar.
Miqdoriy tahlilda fizik kattaliklar o`lchanadi yoki hisoblab
topiladi. Bular: modda massasi, eritma konsentratsiyasi,
eritmaning optik zichligi, suyuqlik hajmi, moddaning rang
intensivligi, redoks potensial va boshqalar. Barcha fizik
kattaliklar o`lchanganda xatolikka yo`l qo`yiladi.
Хаtoliklar shartli ravishda tasniflanadi:
1. Sistematik xato
- o`lchov asboblari, idishlari, analitik
tarozining noaniqligi bilan bog`liq. Tizimli xatoni yo`qotish
uchun “puch”, “kontrol” tajriba o`tkaziladi, ya`ni toza
erituvchi uchun (puch) va aniqlanuvchi moddaning standart
eritmasi uchun (kontrol) o`lchovlar o`tkaziladi. Idish va
asboblar kalibrlanadi.
2. Tasodifiy xato
– parallel (takroriy) tajribalardan olingan
natijalarni o`zaro farqini ko`rsatadi. Uni yo`qotish uchun
tajriba natijasi uch, to`rt marta takrorlanib, o`rtacha arifmetrik
qiymat olinadi.
3. Qo`pol xato
– miqdoriy tahlil amallarini tartibsiz bajarish bilan
bog`liq bo`lib, tajriba takroran bajarilishi bilan undan xalos
bo`lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |