Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari


-rasm. Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 0,74 Mb.
bet8/28
Sana16.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#675962
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari

1.2.4-rasm. Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar1
Turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tashqi(ekzogen) va ichki(endogen) omillar kabi guruhlarga ajratib ko‘rsatish ham mumkin. Bu omillar turizm bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo uni o‘rab turuvchi muhit negizida shakllanadi. Tashqi (ekzogen) omillar jamiyatda turli xil demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar negizida shakllanuvchi quyidagi omillarni: aholining yosh tarkibi; ishlovchi ayollar sonining ko‘payishi; oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromad miqdorining ko‘payishi; jami aholi sonida yolg‘iz kishilar tarkibiy ulushining ko‘payishi; kech turmush qurish tendensiyasining mavjudligi; hududiy aholi tarkibida farzandsiz oilalar sonining oshishi; immigratsion to‘siqlarning kamayishi; ish kuni grafiklarining egiluvchanligi natijasida bo‘sh vaqtning oshishi; to‘lanadigan safar harajatlari miqdorining ko‘payishi; nafaqaga muddatdan oldin chiqish holatining ko‘payishi kabi omillarni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning deyarli barchasi aholining mavjud bo‘sh vaqt tuzilmasiga ma’lum bir darajada ta’sir etgan holda, turizmning rivojlanishi uchun aniq, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy-demografik shart-sharoitlarni yaratadi.
Ma’lum bir hudud aholisi tomonidan turistik mahsulotlarga nisbatan talabning bildirilishi, eng avvalo ularda mavjud iqtisodiy imkoniyatlar va bo‘sh vaqtning mavjudligi bilan uzviy bog‘liqdir. Ammo, fikrimizscha, hozirgi vaqtda ko‘p hollarda aholining bo‘sh vaqt tuzilmasi va iqtisodiy imkoniyatlari o‘rtasida o‘zaro mos kelmaslik holatlari mavjud. Oqibatda, bo‘sh vaqtga ega aholining ma’lum bir qismi turistik mahsulotlardan foydalanish imkoniyatiga, shuningdek iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa bir qismi esa, dam olish uchun bo‘sh vaqtga ega emasligi tufayli, hattoki qisqa muddatli ta’tilga chiqish imkoniyaga ega emas.
Xalqaro turizmning samarali rivojlanishida iqtisodiy omillar o‘ziga xos o‘rinni egalllaydi. Turizmning va iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari o‘rtasida chambarchas aloqalarning mavjudligi iqtisodiy omillarning turizmga ta’sirini belgilab beradi. Ma’lum bir davlatning rivojlanish darajasi, milliy daromadning hajmi bilan fuqarolarining moddiy farovonligi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Shu sababli, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar o‘z fuqarolarining sayohatga chiqish ko‘rsatkichlari bilan jahon turizm bozorida peshqadamlik qiladi. Bunda, nafaqat aholi daromadlari, balki turizmning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Aholi daromadlarining o‘sishi ular orasida dam olish yoki sayohatga chiqishni istovchi kishilar sonining oshishiga olib kelib, mamlakat yoki hudud miqyosida turizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bizning fikrimizcha, inflyatsiya, foiz stavkalari, valyutalar real ayriboshlash kurslaridagi tebranishlar ham turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omilar qatoriga kiradi.
Yana shunday holatni e’tirof etish mumkinki, qaysi mamlakatda aholi turmush darajasi yuqori bo‘lsa, ularda turistik sayohat uchun moliyaviy mablag‘ ajratish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Dunyo amaliyotida potensial turistlarning daromadlari tahlili deyarli barcha davlatlarda turistik oqim tarkibida o‘rta sinf vakillarining nisbiy ustunligini ko‘rsatmoqda. Masalan, ularning salmog‘i Gollandiyada 40%ni, Italiyada 59%ni tashkil etadi. O‘rta sinf vakillari keng doiradagi moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun barqaror daromadlarga ega kishilar ijtimoiy guruhi bo‘lib, ularning moliyaviy imkoniyatlari “etarli” turmush darajasini ta’minlay oladi. Shu sababli o‘rta sinf vakillari yuqori ijtimoiy barqarorligi bilan ajralib turadi. Demak, bizning fikrimizcha, dunyo miqyosida aholining daromadlar bo‘yicha tarkibida ushbu tabaqa ulushining oshishi potensial turistlar sonining va turistik oqim hajmining kengayishiga olib keladi.
Hududiy turizm hajmiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar qatoriga aholi bilim saviyasini, madaniyati darajasini, estetik talablarini (insonlarning o‘z xalqining, shuningdek boshqa xalqlar madaniyati, tarixi, yashash tarzini o‘rganishga intilishi) o‘sishi kabilarni ham kiritish mumkin.
Ichki (endogen) omillar – bu bevosita hududiy turizm sohasiga tegishli omillar hisoblanadi. Ushbu omillar tarkibiga hududda turizmning rivojlanishida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy-texnik omillarni kiritish mumkin. Ularning ko‘pchiligi hududda turistlarni joylashtirish muassasalarini, transport tizimini, ovqatlanish, dam olish, savdo tashkilotlarini, shuningdek, turizmga oid boshqa tegishli infratuzilmani rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Shuningdek, ichki omillar qatoriga turizm bozoridagi mavjud quyidagi omillar guruhini kiritish mumkin:

  • talab, taklif hamda almashuv jarayoniga xos xususiyatlar (misol uchun, so‘nggi vaqtlarda jahon turizm bozorida individual turlarga talabning oshayotganligi);

  • turizm bozorini segmentatsiyalashning ahamiyatini oshishi (misol uchun, mavjud turistik makonda turistik mahsulotni diversifikatsiyalash);

  • turizm bozorida gorizontal va vertikal integratsiyalashuv jarayonlarining (turizm bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik tashkilotlarning kichik korxonalar bilan hamkorligida namoyon bo‘luvchi gorizontal integratsiya, shuningdek strategik turistik ittifoqlarda namoyon bo‘luvchi vertikal integratsiya) kuchayishi;

  • ishlab chiqariladigan turistik mahsulot harakati va realizatsiyasini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari ahamiyatining oshishi;

  • turizm sohasining malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi;

  • turizm bozorida xususiy turistik biznesning ahamiyati oshishi (turizm bozorida xususiy tashkilotlarga faoliyat ko‘rsatish uchun qulay muhitning yaratilganligi) va h.k.

Hududda turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ichida mavsumiylik omili alohida ahamiyatga ega. Turistik faoliyat doirasidagi ushbu omilning ta’siri yuqori darajali tebranishlarga sababchi bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni ekstensiv va intensiv hamda negativ (salbiy ta’sir qiluvchi) va pozitiv (ijobiy ta’sir qiluvchi) omillar guruhlariga ajratish mumkin.
Ekstensiv omillarga: ishchilar sonining oshirilishi, turistik korxona oborotiga jalb qilinadigan moddiy resurslar hajmining oshirilishi, mavjud texnik darajadagi turistik ob’ektlar sonining oshirilishi kabilarni kiritish mumkin. Intensiv omillarga: xodimlar malakasini oshirish, ilmiy-texnik yangiliklarni joriy etish orqali moddiy-texnik bazani takomillashtirish; xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini o‘stirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi, hududda mavjud moddiy resurslar, turistik ob’ektlar va marshrutlardan ratsional foydalanish, turizm tarmog‘ini kompyuterlashtirish kabilarni kiritish mumkin.
Hududda turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi(negativ) omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: inqirozlar, iste’mol mahsulotlariga narxlarning oshishi; hududda siyosiy beqarorlikning mavjudligi; ishsizlik darajasining oshib borishi; hududda kriminogen holatning mavjudligi; shaxsiy iste’mol hajmining pasayib borishi; moliyaviy beqarorlikning mavjudligi; noqulay ekologik holatning vujudga kelishi; turistik rasmiyatchilikning murakkablashuvi; turfirmalar tomonidan o‘z mas’uliyatlarining bajarilmasligi va h.k.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish