Mintaqaviy turizm va turistik resurslar” fanidan kurs ishi mavzu: Navoiy viloyati turistik resurslari va ulardan foydalanish. Bajardi



Download 0,63 Mb.
bet15/21
Sana28.05.2022
Hajmi0,63 Mb.
#612613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
123.Bobur Zoirbekov. Kurs ishi

Oqmasjid yodgorligi (xiv asr) Oqmasjid tarixiy-me'moriy yodgorligi Xatirchi tumanining Bog’chakalon qishlog`ida 1360-1390 yillarda hazrat Said ota tomonidan bunyod etilgan. Oqmasjid o’z davrida o’ta mohirlik bilan qurilgan bo’lib, usti gumbaz, yon tomonlari esa o’ymakor ustunli ayvonlardan iborat bo`lgan.
Sohibqiron Amir Temur zamonida ilm-ma'rifat yuksak darajada rivoj topganligi tarixdan yaxshi ma'lum. Ayni o’sha davrlarda Bog’chakalonda ham ko’plab masjid va madrasalar bunyod etilgan. XIX asrgacha bu hududda yettita masjid bo’lgan. Ularda savod chiqargan yoshlar tahsilni davom ettirish uchun Buxoro madrasalariga yuborilgan. Ammo, sho’rolar davriga kelib, hududdagi bu obidalarning boshiga ham og’ir kunlar tusha boshladi: asrlar davomida savlat to’kib turgan yettita masjidning oltitasi buzib tashlangan. Faqatgina “Oqmasjid” me`moriy yodgorligi saqlanib qolingan.
Buyuk ipak yo’li bo`yida joylashgan ushbu jannatmonand maskanga qadimda ham olis o’lkalardan savdogarlar-u sayyohlar tez-tez kelib turishgan.
Yodgorlik bunyodkori Hazrat Said ota asli Xorazmlik bo’lib, 14 yoshida tahsil olish uchun Buxoroyi Sharifga kelgan va 20 yil davomida madrasada tahsil olgan. So’ngra aholiga ilm-u ma'rifat tarqatish uchun ushbu hududga yuborilgan.
Sayid otaning hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo`lgan qiziqarli va ibratli hikoyalar ko’p. Ularning aksariyati xalq ichida tildan-tilga o’tib kelayapti.
Tarixnavis Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asarida keltirilishicha, Sayid otaga qarshi aytilgan bo’hton va fitnalarga ishongan hukmdorlar hijriy 760 yilda ulug’ avliyoning ko’zlarini ko’r qilishadi. Ammo, mo`jiza sharofati bilan Sayid otaning ko’zlari qayta ochiladi. Bundan hayratga tushgan hukmdor unga otalarcha munosabatda bo’la boshlaydi va har bir ishini uning maslahati bilan amalga oshiradi.
1-prezidentimiz tashabbusi va viloyat mahalliy hokimligi rahbariyatining sa'y- harakati bilan ushbu qadamjo Respublikamizdagi barcha azaliy qadriyatlarimizning asoslaridan biri bo`lgan noyob me`moriy yodgorligi sifatida 2003 yilda qaytadan ta`mirlanib, xalqimizga taqdim etildi, Hazrat Sayid ota sag`anasi va dahmasi qayta qurildi, atrofi obodonlashtirildi va fuqarolarning serqatnov maskanlaridan biriga aylantirilib, yosh avlodni milliy mafkuraviy g`oyalar ruhida tarbiyalash yo`lida unumli va samarali foydalanilmoqda.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish