Mintaqaviy turizm va turistik resurslar” fanidan kurs ishi mavzu: Navoiy viloyati turistik resurslari va ulardan foydalanish. Bajardi


Mirsaid bahrom maqbarasi (xi asr)



Download 0,63 Mb.
bet14/21
Sana28.05.2022
Hajmi0,63 Mb.
#612613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
123.Bobur Zoirbekov. Kurs ishi

Mirsaid bahrom maqbarasi (xi asr) Mir Said Bahrom haqida Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asarida yozilgan ma'lumotlarga ko’ra u zukko, bilimli, karomatli shaxs sifatida mahalliy xalqning katta hurmat e'tiboriga sazovor bo’lgan zot edi.
Mirsaid Bahrom vafotidan keyin uning dahmasi ustiga maqbara bunyod etilgan. Maqbara X-XI asrlarga xos bo’lib, Respublika muhofazasiga olingan noyob yodgorliklar sirasiga kiradi. Maqbara bir gumbazli, 6x5,5 metr o’lchamda to’rtburchak shaklida qurilgan. Yodgorlik bir necha bor ta'mirlanib dastlabki ko’rinishini yo’qotgan. Uning bosh fasadi 6x6 metr kvadrat shaklida bo’lib, juda ustalik bilan bezatilgan, g’ishtni turli usulda terilib, har xil geometrik shakldagi naqsh bezaklari, timsollar va Kufiy usulidagi bitiklar bilan boyitilgan. Maqbaraning janubiy tomonida 1,1x2 metr o’lchamda darcha o`rnatilgan. Uning tepa qismida yarim oy shaklidagi kungurador, panjarali tuynuk ochilgan.
Maqbara eshigining o’ng tomonida Mirsaid Bahrom sag`anasi o`rnatilgan bo`lib, uning eni bir metr bo’yi 2,5 metr, balandligi 70 santimetrdan iborat. Sag’ananing yon tomonlariga arabiy yozuvda oyatlar bitilgan. Maqbaraning 4 burchagida ustki qismi ganchkorlik usulida bezatilgan 4 ta botiq ravoq ishlangan bo`lib, 4 tomonida ham yoyiq ravoqlar bor. Ravoqlarning eni bir metr va
balandligi 3 metr. Maqbaraning ustki qismida 8 burchakli poygumbaz bo’lib, uning ustiga pishiq g`ishtdan gumbaz ko’tarilgan.
Hozirgi davrda bu tarixiy majmua atrofida Karmana tumanining madaniyat va istirohat bog’i barpo etilgan va Karmana aholisining an`anaviy Navro’z va hosil bayramlari ayni shu ko`rkam va so`lim istirohat bog’ida o’tkazilishi an`anaga aylanib bormoqda.
Respublikamizdagi noyob madaniy meros obyektlaridan biri sifatida Mirsaid Bahrom maqbarasi Buyuk ipak yo`li bo`yidagi transchegaraviy madaniyat yodgorliklari nominatsiyasi bo`yicha YUNESKOning ro`yxatiga kiritilishi uchun me`yoriy hujjatlari taqdim etilgan.
Yodgorlik hozirgi kunda to`la qayta ta`mirlanib asl holidagi ko`rinishini kasb etgan. Shuningdek, maqbaraning sharqiy tomonida qadimda bunyod etilgan bo`lib, keyinchalik buzilib ketgan masjid qayta tiklangan va hozirda ziyoratgoh sifatida foydalanilmoqda.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish