Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsi-onlar va forvard kontrakt2lari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki «koll» opsion (call option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki «put»opsion (put option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi.
Forvard kontraktlar (forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
Moliyaviy vositachilarvaularningturlari
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyi-dagicha tasavvur etish mumkin (8.1-rasm). Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulot-lariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |