Lokal kompyuter tarmoqlari (LK T), (inglizcha - LAN Local Area Network) deb nomlandi. Lokal tarmoqqa bog‘langan bar bir kompyuter maxsus plata-tarmoq adapteriga ega bo‘lishi zarur. Korxona va tashkilotga tegishli bo‘lgan local kompyuter tarmog‘i shahar yoki viloyat miqyosida foydalanuvchilar uchun hamkorlikda aloqa o‘rnatish imkonini bermaydi. Ushbu muammo Mintaqaviy kompyuter tarmog‘i (MKT) yordamida amalga oshiriladi. MKTga misol sifatida respublikamizdagi bank va soliq sohasidagi yagona avtomatlashtirilgan tizimlari, shaharlardagi dorixonalarning ma’lumot beruvchi kompyuter tizimlarini keltirishimiz mumkin. Masofaviy koinpyuterlar telefon tarmoqlari orqali modem vositasida bog‘lanadi. Natijada foydalanuvchilar yuqori unumdorli superkompyuterlar orqali o‘zlari uchun ajratilgan resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu superkompyuterlar bir tizimga birlashishi natijasida MKT paydo bo‘ladi. Bir necha 10 kilometrli masofalarda LKTdan m a’lumot jo ‘natish uchun tezligi 100 bit/s va tashqi muhit ta’sir etmaydigan kabellar ishlatiladi. Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan kabellar nur o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan farqlanadi. Kabellarda plastmassa yoki kremniydan yasalgan tolalar nur o‘tkazmaydigan tashqi qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ushbu aloqa vositasida elektr signallari nurga aylantirilib ma’lumot jo ‘natiladi va teskarisi bajarilib axborot qabul qilinadi. Ushbu kabelda signal jo‘natish tezligi 3 Gbit/s ni tashkil qiladi. Dunyo hamjamiyati tomonidan to‘plangan barcha bilim manba’laridan to‘la foydalanish, kurrai zaminimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan hamda ilm-fan yangiliklaridan tezkor xabardor bo‘lsh yoki ogoh etish uchun global hisoblash to‘ri (GHT) dan foydalaniladi. GHT (WAN Wide Area Network) bir neeha 10 va 100 kv. km maydoni hududlami birlashtiradi. GHT ichida axborot almashish - t e l e k o m u n n i k a t s i y a (grekcha tele - “uzoq” va lotincha eornmunicato - “aloqa”) deb ataladi. Internet milionlab kompyuterlar vositasida lokal, hududiy va global tarmoqlarni birlashtirgan kommunikatsiyali to‘rdir.
Internet-jahon bo‘yicha kompyuter tarmoqlaridan tuzilgan yahlit tarmoq bo‘lib, ular yagona “Til”-andoza-qoidalar majmuyi asosida axborot almashadilar. Yagona andoza sifatida xozirgi kunda TCP/IP andozasi qo‘llaniladi.
Internet jahon tarmoqlar tarmog’i bo‘lgani uchun uning yagona va butunlay boshqaruvchi egasi yo‘q. Lekin unga ulangan axbrot tarmoqlarining shu jumladan internetning egalari va boshqaruvchilari mavjud.Intranet-biror yuridik shaxs (vazirlik, kompanya, tashklot, korxona, ta’lim muassasalari va shunga o‘xshash)ga tegishli kompyuter tarmog’i bo‘lib, u internetda sinovlardan yaxshi o‘tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.“Internet” tushunchasi 1994-yildan boshlab, internetdagi web texnologiyalari muvoffaqiyatli sinovlardan o‘tib zo‘r e’tibor qozongandan so‘ng paydo bo‘ldi.Internet nafaqat internet xizmatlarini, balki uning egasi uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa axborot xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham internet bizning qo‘shimcha andozalari (protokollari) ga ega bo‘ladi. Internet ko‘p qimmatli tizimga ega bo‘lib, uning eng quyi va qatlami tarmoq qatlamidir. Bu qatlam tarmoq 3 sath (fizikaviy kanal, tarmoq) ga tegishli jihozlari (kabel, modem, uzib-ulanuvchi, marshrut beruvchilar va h.k.z.) dan va dastur ta’minotining mantiqiy komponentlari (ma’lumotlarni uzatish protokollari, xatolarni nazorat qilish, marshrutlash dasturlari)ni o‘z ichiga oladi. Internet bu tarmoqqa boshqa tarmoqlarning ulanishi orqali mutassil rivojlanishda davom etmoqda.
Internet strukturasi, internet tarmoq emas, balki u tarmoqlar to‘plami ekanligi aniq foydalanuvchiga ahamiyatlimi? Foydalanuvchi tarmoq to‘g’risida, tarmoqning tarkibiy qismi to‘g’risida, tarmoqlararo aloqalari to‘g’risida o‘ylamasa ham bo‘ladi, chunki bunday masalalar, muammolar chiqib qolgan taqdirda hal etiladi.Har bir Internet tarmog’i o‘zining shaxsiy ekspluatatsion tarmoq markazi (NOC) ga ega. Har bir shunday ishchi markaz boshqa markazlari bilan bog’langan bo‘lib, har xil yuzaga kеlgan muammolarni hal etishda ma'sul hisoblanadi.
Globallik jihatidan internet barcha planеtar axborotli kеnglikni qamrab olgan bo‘lib, u chеgarani ham, vaqt omilini ham hisobga olmaydi, alohida davlatlarni yoki mintaqalarni ham bilmaydi.
Internet yopiq kеnglik emas, balki u ochiq axborot tarmoq bo‘lib, Internetning asosiy talablarni bajargan va qoidalarga rioya qilgan barcha xohlovchilar ulanishlari mumkin. O‘z-o‘zini rivojlantirish (o‘stirish). Agar (ARPANET) tarmoqning vujudga kеlishini boshlang’ich davri bilan zamonaviy darajasini qiyoslasak, u holda bir еchimli xulosaga kеlish mumkin. Internet yangidan-yangi vositalar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulkan hududlarni egallab gurkirab rivojlana olishi bilan tavsiflanadi. Bu intilish (tеndеntsiya) xali davom etadi.
Tizimlilikning barcha iеarxik strukturasi, elеmеnti, darajasi, masala еchimi umumiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular bir - birlari bilan o‘zaro chambarchas bog’langan va o‘zaro o‘rin almashish bilan tavsiflanadi.
O‘zbеkistonda Internetga ulanish o‘tgan 10-yillikning 2-yarmidan boshlandi. 1997 yili Newlett Packard kompaniyasi vakillarining e'loni bo‘yicha O‘zbеkiston Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligiga kеltirgan jihozlar tugallangan. Shartnomadagi narxi 2 mln. $ bo‘lgan kompyutеrlashtirilgan boshqarish sistеmasini va bazaviy ma'lumotlarning almashuvini ekspluatatsiya qilish ishlari o‘sha yilning dеkabr oyida tugatilgan. O‘zbеkistonda Newlett packard va chеtdagi jihozlari mamlakatning yirik strukturalarda, masalan: tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklarida ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda 31 bankdan tashkil topgan O‘zbеkistonning yagona elеktron bank tizimi talab darajasida ishlab turibdi. Uning yordamida «bank nuqtasi» ga xohlagan to‘lov bir soat ichida o‘tadi. O‘zbеkistonning elеktron to‘lov tizimi, mamlakatni barcha maydonini qamragan bo‘lib, davlat milliy foydasini ko‘payishiga olib kеladi. Bunday elеktron tarmoqlar soliq, bojxona, moliya va rеspublikaning boshqa davlat strukturalarda o‘z ishini bajarmoqda.
Hozirgi vaqtda milliy axborot tizimlarni tashkil etish davom etmoqda. Milliy ma'lumotlarni uzatish tarmog’i rivojlanmoqda, umumiy foydalanish tеlеfon tarmog’i rеkonstruktsiya va modеrnizatsiyalash amalga oshmoqda, axborot rеsurslar tashkil etilmoqda, koorporativ tarmoq kеng quloch yoymoqda, Internet va tеlеkommunikatsion xizmat ro‘yxati kеngaymoqda. Milliy axborot tarmoqlarning rivojlanishi va tashkil qilinishi Internet tarmog’i milliy sеgmеntini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Internetning milliy sеgmеnti ilmiy tеxnikaviy o‘sishga, iqtisodiyot va rеspublikaning boshqa faoliyat sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Internet milliy sеgmеntining kеlgusida rivojlanish yo‘nalishini aniqlashda ikkita asosiy savolga javob olishimiz kеrak:
Do'stlaringiz bilan baham: |