Tabiiy resurs zahiralar qiymati (doll); yillik qo'shilgan qiymat miqdori (doll/yil); savodxoniik darajasi (%)
Resurslar bilan ta’minlanganlik
Zamonaviy resurslar bilan ta’minlanganlik (%): snv bilan ta’minlanganlik (%); sanitariya xizmatiari bilan ta’minlanganlik (%); sog’liqni saqlash xizmatiari bilan ta’minlanganlik (%)
Sog'liqni saqlash
Sog'liq uchun zararli moddalaming ichimlik suvdagi ulushi (g/1); havo ifloslanishi natijasida kasalxonaga tushgan bemorlar soni (kishi); har 100 000 kishiga o‘lim bilan yakunlangan yo‘l transport hodisalari soni (dora)
IINEP metodologiyasi bo‘yicha ko'rsatkichlar mamlakat xususiyatidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan uyg‘un muamnnnoga qarab dolzarb ko‘rsatkichlar turi tanlanadi. So‘ngra “yashil iqtisodiyot”gao'tish dasturi bosqichlari bo'yicha muvofiqlashtiriladi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o’tish jarayonini baholashning IHTT
yondashuvi
“Yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi muhim yo’nalish IHTT doirasida amalga oshiriladigan tadqiqotlar hisoblanadi. Ushbu tashkilot tavsiyalariga ko'ra “yashil o‘sish”ni baholash uchun besh guruhga ajratilgan quyidagi 25- 30 ta ko'rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
iqtisodiyotning ekologik va resurs samaradorligi (alohida e’tibor uglerod samaradorligiga qaratiladi);
tabiiy resurs lar;
atrof muhit holati va uning hayot sifatiga ta’siri;
“yashil o‘sish” sohasidagi siyosat va iqtisodiy imkoniyatlar;
“yashil o‘sish"ning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari.
IHTT tomonidan ishlab chiqilgan “yashil o'sish” ko’rsatkichlari 2017 yilda 2011 va 2014 yillardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan yangilangan va kengaytirilgan. 2017 yil hisobotida asosiy e’tibor “yashil o‘sish”ni ta’minlashga qaratilgan siyosiy choralar va mehnat unumdcrligini oshirishga, soliqlar va subsidiyalar, texnologiyalar va innovatsiyalar, xalqaro moliya oqimi bilan bogdiq tahlillarga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Ushbu reytingda Lyuksemburg, Islandiya, Daniya, Norvegiya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchi o'rinlami egallashgan bo‘lsa, IHTTga a'zo bo‘lmagan mamlakatlardan Kohimbiya va Kosta-Rika “yashil o‘sish'’ni ta’minlashda sezilarli ijobiy natijalarga erishganligi qayd etilgan
rasm. IHTTning “yashii iqtisodiyot” ko‘rsatkichlarini olchashning konseptual tizimi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘z navbatida ikkiga bo'linadi (3.4.1-jadval):
iqtisodiy o‘sish, samaradorlik va raqobatbardoshlik ko‘rsatkich!ari;
mehnat bozori, ta’lim va daromad ko‘rsatkichlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari tasnifi74