Ikkinchi minoraning asosiy vazifasi – sulfat kislota bilan kuyundi gazidan sulfit angidridni absorbsiyalash va SO2 ni nitroza bilan oksidlashdir. Bu minorada sulfat kislotaning kattagina qismi (tizim mahsulotining 70-80% i) hosil bo‘ladi, shuning uchun uni mahsulot minorasi deyiladi. Kislota hosil bo‘lish jarayoni minora 2 ning butun balandligida sodir bo‘ladi, lekin sulfit angidridning asosiy miqdori oksidlanish jarayoni sodir bo‘lishi uchun qulay sharoit bo‘lgan uning quyi qismida oksidlanadi.
SO2 oksidlanishi natijasida nitrozadan ajraladigan azot oksidlarining bir qismi minoraning yuqori qismidan sug‘oriladigan nitrozaga yutiladi, ammo uning asosiy qismi gaz oqimi bilan oksidlash minorasi 3 ga keladi. U yerda NO va NO2 ning shunday nisbatigacha oksidlanadiki, bunda hosil bo‘ladigan azot oksidlarining miqdori absorbsiya minorasida yutilishi uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim.
Texnologiyasi.
Minora 3 da NO gaz tarkibidagi kislorod bilan oksidlanadi. Bu minorada azot oksidlarining oksidlanishi minorani aylanib o‘tuvchi gaz o‘tkazgich quvur orqali bir qism oksidlanuvchi gazni o‘tkazish orqali boshqariladi (baypas). Oksidlash minorasidan chiqadigan gaz minora 4 ga keladi, u yerda minorani sug‘oruvchi sulfat kislotaga azot oksidlari yutiladi; bu minora absorbsiya yoki yuttirish minorasi deyiladi.
Kuyundi gazini sovutishda va sulfat kislota hosil bo‘lishida ko‘p miqdordagi issiqlik ajraladi, shuning uchun denitratsiya va mahsulot minoralari sug‘oriladigan kislota qiziydi va ularni sug‘orishga berishdan oldin sovutiladi. Buning uchun sovutgichlar 5 o‘rnatilgan. Minorali kislota ishlab chiqarishda chiqindi gazlari, mahsulot kislotasi va boshqalar bilan bir qism azot oksidlari yo‘qotilishi mumkin. Uni o‘rnini to‘ldirish uchun mahsulot minorasi 2 ga nitrat kislotasi beriladi. Sulfat kislota hosil bo‘lishi uchun kerakli suv denitratsiya va mahsulot minoralari 1 va 2 ga kiritiladi.
Texnologiyasi.
Kamerali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi minorali usulga o‘xshaydi. Uning farqi shundaki, sulfit angidridni qayta ishlash va azot oksidlarini oksidlash bosqichlari kislotaning denitratsiyasidan so‘ng minoralarda emas, balki tahmonli qo‘rg‘oshinli kameralarda amalga oshiriladi.
Azot oksidlarining absorbsiyasi ham xuddi minorali tizimlardagi kabi minoralarda o‘tkaziladi. Lekin kamerali va minorali jarayonlarning texnologik tartiblari turlichadir: kamerali jarayonning barcha bosqichlarida nisbatan past konsentratsiyali kislota ishlatiladi, nitroza tarkibida esa oz miqdordagi azot oksidlari bo‘ladi va xokazo.
Minorali jarayon nafaqat beshta, balki undan ko‘p yoki oz sondagi minoralarda ham o‘tkazilishi mumkin. Masalan, oltitadan, yettitadan va xattoki sakkiztadan minoralari bo‘lgan minorali tizimlar mavjuddir. Nazariy jihatdan olganda sulfit angidridni qayta ishlashning nitrozali jarayoni bitta minorada yakunlanadigan minorali tizimlarni barpo qilish mumkin. Minoralar soni ortib borishi bilan tizimning texnologik tartibi (rejimi) ancha barqaror holatga keladi, chunki bitta minorada uning buzilishini osonlik bilan oldi olinadi. Tizimda minora qanchalik kam bo‘lsa, unda shunchalik doimiy texnologik rejimni o‘rnatish qiyin kechadi.
2.-rasm. Zamonaviy yetti minorali tizim sxemasi:
1-denitratsiya minorasi (denitrator);
2-birinchi mahsulot minorasi (konsentrator);
3-ikkinchi mahsulot minorasi;
4-ichki qismi bo‘sh oksidlash minorasi (oksidlash hajmi);