Texnоlоgik qism
Polipropilen
Sanoatda turli xil katalizator va erituvchilar muxitida (Sigler-Natta Al(C2H5)2Cl / TiCl4) katalizatorlari xamda ekstraktsion benzin va yengil erituvchi - propan-propilen fraktsiyasi muxitida, O`ta faol katalitik juftlik Al(C2H5)2Cl / TiCl3) va Lyuis asoslari ishtirokida n-geptan muxitida, monomer massasida) propilenni polimerlab olinadi.
Propilenni polimerlanishi suspenziyada, emulsiyada, eritmada, massada va gaz fazasida amalga oshirilishi mumkin. eritmada polimerlash jarayoni, suspenziyadagiga qaraganda yuqoriroq xarorat va bosimda O`tkaziladi. Gaz fazada polimerlanganda polipropilenni izotaktiklik darajasi, polimerlanish tezligi suyuq fazadagiga nisbatan pastroq bo`ladi. Suyuq fazada ataktik polipropilen miqdori 10% dan ortmaydi, gaz fazada esa bu kattalik 25% ni tashkil etadi.
Polipropilen xususiyatlariga katalizatorlarni salbiy ta`sir etishi sababli, ularni parchalab polimer tarkibidan chiqarib tashlash, polipropilendan ataktik qismini ajratish, oqava suyuqliklarni tozalash, erituvchilarni regenirlash, polipropilen olish jarayonlarini asosiy kamchiligidir.
Ishlab chiqarilayotgan polipropilen asosan stereoregulyar tuzilishga ega bo`lgan kristall polimerdir.
Polipropilenni qimmatli xususiyatlari asosan uni kristallik darajasini yuqori bo`lishi bilan bog’liq bo`lganidan, uni olishda ishlatiladigan katalizatorlar yuqori stereospetsifiklikka ega bo`lishlari kerak.
Polipropilenni ishlab chiqarish
Sanoatda polipropilen propilenni Sigler-Natta kompleks katalizatorida stereospetsifik polimerlash yordamida olinadi. Propilen polimerlanganda 58.7 kDj/mol yoki 1385 kDj/kg (propilenni polimerlanganidan 2.4 marotaba kam) issiqlik ajralib chiqadi. Bu xol ajralib chiqayotgan issiqlikni reaktor qobig’iga berilayotgan suv yordamida bemalol reaktsiya muxitidan olib chiqib ketish imkonini beradi. Polimerlanish erituvchilar (benzin, n-geptan, uayt-spirit) muxitida olib boriladi.
Polipropilen olish texnologiyasi (rasm 4) ushbu bosqichlarni o`z ichiga oladi: katalizator kompleksini tayyorlash, propilenni polimerlash, reaktsiyaga kirishmagan monomerni ajratib olish, katalizator kompleksini parchalash, polimerni yuvish, polimerdan erituvchini siqib chiqarish, polimerni quritish, polipropilenga oxirgi ishlov berish, erituvchini regenirlash.
Rasm 4. Polipropilen ishlab chiqarish jarayonining sxemasi;
1-katalizator kompleksi aralashtirgichi; 2-oraliq idish; 3-polimerlovchi idish; 4-sovutgich; 5-suspenziyani yig’ish jixozi; 6,10-tsentrifugalar; 7-isitgich; 8-katalizatorni parchalash dastgoxi; 9-suspenziya yig’ish jixozi; 11-oraliq idish; 12,13-uchib chiquvchi moddlarni iyg’ish idishi
1 chi aralashtirgichda dietil alyuminiy xloridni benzindagi 5% li eritmasi bilan titan uch xloridini aralashtirib katalizator kompleksi tayyorlanadi. Katalizator suspenziyasi 2 chi oraliq idishga tushadi va u erdan 3 chi polimerlash apparatiga me`yorlab uzatiladi. Polimerlash apparatini xajmi 25 m3 bo`lib u yakorli aralashtirgich, sovitish va isitish uchun qobiq, 4 chi sovitgich bilan ta`minlangan. Polimerlash apparatiga aralashtirgichni ishlatib, suyuq propilen, katalizator kompleksi, benzin va vodorod uzluksiz berib turiladi.
Polimerlash vaqti 70oS va 1.0 mpa bosimda 6 soatni tashkil etadi. Bunda propilenni polimerga aylanish darajasi 90% ni tashkil etadi. quyida apparatga quyiladigan komponentlarni nisbati kelti¬rilgan (mass.qism):
Polimerlash apparatidan polimer suspenziya ko `rinishida 5 chi yig’uvchi idishga o`tkaziladi va bu erda bosimni kamayishi xisobiga, benzinda erigan reaktsiyaga kirishmagan propilen uchirib yuborilganidan keyin suspenziyaga polimer: benzin nisbati 1:10 (mass.қism) bo`lguncha benzin qo`shiladi.
Suyultirilgan suspenziya 6 chi tsentrifugada izopropil spirtining benzindagi eritmasi bilan 25% li polimer eritmasi xosil bo`lgunicha ishlanadi.
8 chi apparatda polimer suspenziyasini 60oC gacha qizdirilgan izopropil spirtini benzindagi eritmasi bilan katta tezlikda aralashtirib katalizator qoldig’i parchalanadi. Polimer suspenziyasi 9 chi yig’ish idishi orqali yuvish va siqish uchun 10 chi tsentrifugaga, keyin 11chi idishga, u erdan quritish, granullash va qopga solishga uzatiladi.
Reaktsiyaga kirishmagan propilen, erituvchi, yuvishga ishlatilgan erituvchilar va azot regenirlangandan keyin tsiklga qaytariladi.+
Do'stlaringiz bilan baham: |