OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT
KIMYO-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
|
|
MINISTRY OF HIGHER AND
SECONDARY SPECIALIZED
EDUCATION REPUBLIC
OF UZBEKISTAN
TASHKENT
CHEMICAL-TECHNOLOGICAL INSTITUTE
|
|
|
|
BUYRUQ №
Toshkent sh. 19-may 2022-yil
“Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-martdagi
101F-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi"da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarida 2022-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasini tasdiqlash, ularda professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tegishli sohalar olim va mutaxassislarining keng ishtirokini hamda institut rektorining 2022-yil
16-martdagi 82-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
1. 2022-yil 26-28 may kunlari “Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkazilsin.
2. Prorektorlar (X.L.Pulatov, T.T.Safarov, B.N.Boborajabov, B.B.Qodirov) va barcha fakultet dekanlariga:
- konferensiyada respublika oliy o‘quv yurtlari tegishli kafedralarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, magistrlari hamda yetakchi mutaxassislarining ishtirokini taʼminlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilsin;
- konferensiyaning yalpi majlisini “Menejment va kasb ta’limi” fakultetining faollar zalida va sho‘ba majlislari masofaviy (onlayn) shaklda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin;
- konferensiya davomida zamonaviy texnik vositalar bilan to‘liq taʼminlash ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
3. Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor (B.B.Qodirov), bosh hisobchi (R.Usmonov), “Reja-moliya bo‘limi” boshlig‘i (K.Umarov) ga:
- Universitetlardan tashrif buyurgan mehmonlarga sovg‘a qilish uchun maxsus institut logotipi tushirilgan 15 dona maxsus sovg‘alar tashkil etilsin;
- anjumanni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar institutning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
4. TKTI matbuot kotibi (A.Adhamov) ga:
- anjumanning ish faoliyatini Respublika ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishi topshirilsin.
5. Konferensiyaning yalpi majlisini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun sohaga tegishli ishlanmalar bo‘yicha planshetlar tayyorlansin (mas’ullar: X.Pulatov, I. Safarov).
5. Ushbu buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
REKTOR B.SH.USMONOV
Do'stlaringiz bilan baham: |