Buferlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plashdan foydalanib ossillogrammalarni oling va bu ma’lumotlarni tahlil qilib, ushbu ma’lumotlardan minimum va maksimum qiymatlarni toping.
Ushbu VA sizga sinusoidal signalning maksimum va minimumini topish imkonini beradi. Bu qiymatlar e’lon qilingan texnik xarakteristikalar doirasida generator ishlayotganini aniqlashda yordam beradi.
Yechimi
Quyidagi diagramma blokini yarating (130- rasm).
rasm. Buferlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plash diagrammalar bloki Ekspress – VA- Amplitude and Level Measurements palitrasida joylashgan
Functions Signal Analysis signal maksimal va minimal qiymatini aniqlaydi.
Dialog darchasida Configure Amplitude and Level Measurements (amplituda va sathni o‘lchashni sozlash) opsiyada Maximum peak и Minimum peak qarshisiga belgi qo’ying.
Ok tugmasi o‘zgarishlarni qo‘llash va dialog darchasini yopish uchun ishlatiladi (131- rasm).